24 noyabr kuni Misrning Sinay yarimorolida joylashgan masjidda juma namozi o‘qilayotgan paytda portlash yuz berdi.
Terrorchilar aynan juma namozi o‘qilayotgan paytda portlovchi uskunani ishga tushirgani haqida ma’lumot berilgan.
Terakt natijasida qurbonlar soni 235 nafarga yetgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari 120 ga yaqin odam yaralangani aytilmoqda.
Terrorchilar Shimoliy Sinaydagi masjidda sodir etilgan portlashdan keyin masjidni to‘rtta mashinada qurshab olganlar. Jangarilar portlashdan keyin masjiddan yugurib chiqayotgan odamlarni o‘qqa tutgan.
Misr hukumati terakt qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilgani ma’lum qilindi. Ayni vaqtda birorta ham terrorchilik guruhi ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.