Yurtimizning bir guruh ulamolari, jumladan Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatulloh domla Usmonov Janubiy Koreya Respublikasida safarda bo'lib turibdi.
Kuni kecha Rahmatillo domla Usmonov Janubiy Koreya Respublikasining Mogpo shahridagi masjidda namozxonlar bilan uchrashuv o'tkazib, ma'ruza qildi va xatmi Qur'onda ishtirok etdi.
Janubiy Koreya Respublikasiga safar davom etmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot alayhissalom bemorlikdan qiynalayotgan ekanlar.
"Yo Allohning Rasuli, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!" dedim.
"Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganicha qiynalaman", dedilar.
"Sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchun shundaymi?" dedim.
U zot alayhissalom: "Ha shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, Alloh uning sababidan o‘sha bandaning yomonliklarini xuddi daraxt o‘z barglarini to‘kkanidek to‘kadi", dedilar".