Saudiya Arabistoni Podshohligida Jidda, Makka va Madina shaharlari o‘rtasidagi masofani yanada tezroq bosib o‘tish imkonini beruvchi yangi transport-logistika loyihasiga qo‘l urildi.
Ushbu loyihani amalga oshirish 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda 450 km masofadagi Makka-Jidda-Qirol Abdulloh iqtisodiy markazi-Madina yo‘nalishida ikki izli tezyurar poyezlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘nalishda beshta bekat quriladi.
Ushbu loyiha xorijiy kompaniyalar ko‘magida qurilmoqda va loyiha qiymati 63 milliard Saudiya Arabistoni riyalini tashkil etadi.
Mamlakatning Transport vaziri, shaxzoda Abdulloh bin Bandarning ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistoni har yili 3,5 million nafar ziyorchilarni qabul qiladi. Makkadan Madinaga tashiladigan yo‘lovchilar soni esa qariyb yiliga 60 million nafarni tashkil etadi.
Temiryo‘llar bo‘yicha bosh tashkilotning ma’lumotiga ko‘ra, ikki muqaddas masjidni bog‘lovchi loyiha 2018 yilda ishga tushiriladi. Ungacha esa yo‘lning xalqaro standartlarga mosligi, xavfsizlik masalalari sinovdan o‘tkaziladi.
Ushbu loyiha natijasida Makkadan Madinagacha bo‘lgan masofa ikki yarim soatgacha qisqaradi.
Har haftaning chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan fuqarolar qabuli bu safar ham aholi vakillarining murojaatlarini o‘rganish, muammolarga yechim topishga qaratildi.
Joriy haftadagi qabulda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov poytaxtimizdan hamda yurtimizning turli shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning shaxsiy va jamoaviy masalalari, taklif va mulohazalarini tingladi.
Qabul yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, fuqarolar murojaatlarini tezkor va adolatli hal etish bo‘yicha choralar belgilandi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrlarini eshitish va islohotlarga jamoatchilikni faol jalb etish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati