Joriy yilning 22 noyabr kuni Buxoro viloyatidagi Mir arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlari rahbarlarining seminari bo‘lib o‘tadi.
Unda diniy ta’lim muassasalari rahbarlarining ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada kuchaytirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish, bitiruvchilarni oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi va taqsimot bo‘yicha ishga joylashishi, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar, ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorligi borasidagi axborotlari tinglanadi.
Kunning ikkinchi yarmida “O‘zbekiston – diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalarining konferensiyasi ham bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati