Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Birdamlik va hamjihatlik osoyishtalik omili

18.11.2017   7327   4 min.
Birdamlik va hamjihatlik osoyishtalik omili

Ba’zi qo‘shtirnoq ichidagi toifalar tomonidan Islom dini ta’limotining noto‘g‘ri talqin qilinishi, ezgulikka chaqiruvchi muqaddas dinimiz sha’niga noo‘rin ta’na toshlari otilishiga sabab bo‘lmoqda. Vaholanki, “Islom” so‘zining o‘zagi “salom” so‘zidan olingan bo‘lib, tinchlik va salomatlik ma’nolarini anglatadi. Uchinchi ma’nosi – itoat bo‘lib, bundan Allohning ko‘rsatmalariga amal qilish harakatida bo‘lishi lozim, degan xulosa chiqadi.                               

Islom dini nafaqat insonning o‘zi, balki o‘zga odamlarga, hatto nabotot va hayvonotga, qo‘yingki, barcha mavjudotga rahm-shafqatli va mehribon bo‘lishga chaqiradi. Zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va tajovuzkorlikni qoralaydi, hech qachon oqlagan emas va oqlamaydi ham. Islom dini yovuzlikka qarshi kurashda ham adolat va insonparvarlik me’yorlaridan tashqari chiqmaslikka buyuradi. Din va millatidan qat’i nazar, tinch, osuda yashayotgan xalqlarga nisbatan tajovuzkorlik qilmaslikka undaydi. Islom  dini o‘zga din vakillari bilan hamjihatlikda va ular bilan go‘zal uslubda munozara qilishga buyuradi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «(Ey, mo‘minlar!) Sizlar ahli kitoblar bilan faqat eng chiroyli uslubda munozara qilingiz, illo ularning orasidagi zulm (tajovuz) qilganlar bundan mustasnodirlar» (Ankabut surasi, 46-oyat).  

Boshqa din vakili bilan chiroyli munosabatda bo‘lish nafaqat Qur’on karim oyatlarida balki, Nabiy (alayhissalom)ning hadislarida ham uchratamiz.  Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) boshqa din va e’tiqod vakillariga bag‘rikeng bo‘lish, ularning e’tiqodini hurmat qilish, haqlariga rioya etishning oliy namunasini ko‘rsatibgina qolmay, ummatni ham hamisha ana shu yo‘ldan borishga chaqirdilar. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): Kim g‘ayridinga aziyat bersa, menga aziyat berganday bo‘ladi, kim menga aziyat bersa, qiyomat kuni unga xusumatchi bo‘laman”, dedilar. Boshqa bir hadisda bunday deganlar: “Kim g‘ayridin yoki ahdlashilgan boshqa din vakilini o‘ldirsa jannat hidini ham hidlamaydi”.

Islom dini zulm, tajovuzkorlik adolatsizlik, turli firqalarga bo‘linish kabi razil ishlarni qoralaydi va ulardan hazar bo‘lishga buyuradi. Tinchlik-xotirjamlik kabi ne’matlarni bergan Alloh taolo insonlarni turli firqa va guruhlarga bo‘linib ketishdan va bir-birlariga dushmanlik qilishdan qaytargan hamda bunga erishishning asosiy yo‘li sifatida Qur’oni karim hukmlaridan chekinmaslikka buyurib bunday degan: «Hammangiz Allohning «arqoni»ni (Qur’onini) mahkam tuting va firqalarga bo‘linmang hamda o‘zaro adovatda bo‘lgan paytlaringizda dillaringizni (tutashtirib) oshno qilib qo‘ygan Allohning ne’matini yodda tuting. Uning ne’mati tufayli birodarlarga aylandingiz. Do‘zax chohi yoqasida turganingizda, sizlarni undan qutqardi. Shoyad haq yo‘lni topgaysizlar, deb, Alloh O‘z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi!» (Oli Imron surasi, 103-oyat).

Islom dini o‘zga din vakillarilarga ham ehtirom hamda bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi. Islom o‘zidan avvalgi samoviy dinlarni shunchaki hurmat qilish bilan cheklanmay, o‘sha din ahllariga cheksiz muruvvatlar ko‘rsatgan. Madaniyati va an’analariga ehtirom bilan qaragan. Asrlar davomida bu qoidalarga amal qilib yashagan musulmonlar bir-birlariga va hatto oralarida yashaydigan boshqa millatlarga, ahli zimmaga ham muruvvatning mislsiz namunalarini ko‘rsatib, butun insoniyatga ibrat bo‘lishdi.

Alloh taolo yurtimizdagi barcha millat va elatlarni, din vakillarini birdam va hamjihat bo‘lib, osoyishta hayot kechimoqliklarini nasib etsin, turli xil ixtilof, kelishmovchik va ziddiyatlardan, biz bilgan va bilmagan har qanday balo-ofatlardan O‘z panohida saqlasin.   

Abdutolib ISAQOV 

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani

 “Oq masjid” jome masjidi imom-xatibi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Dindor odamlarga qanday qaraysiz? Badavlat odamlarga-chi?

8.01.2025   2332   1 min.
Dindor odamlarga qanday qaraysiz? Badavlat odamlarga-chi?

Mol-dunyo masalasida o‘zingizdan pastroqdagilarga qarang, dedik. Lekin dinu diyonat masalasida doim o‘zingizdan oldindagilarga qarang, ulardan ibrat oling, ularga yetib olishga intiling. Dunyo, boylik, sog‘lik va go‘zallik borasida o‘zingizdan quyidagilarga qarab, cheksiz marhamati uchun Allohga shukr qilsangiz, hayotingiz baxt-saodatga to‘ladi, Alloh taolo sizni shukr va sabr qiluvchilar safiga yozib, fazlu marhamati bilan ularga beriladigan mukofotlaridan sizga ham beradi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

«Kimda ikki xislat bor bo‘lsa, Alloh uni shukr qiluvchi, sabr qiluvchi deb yozib qo‘yadi. Kimda bu ikki xislat bo‘lmasa, Alloh uni shukr qiluvchi ham, sabr qiluvchi ham deb yozmaydi. Dinu diyonatda o‘zidan yuqoridagilarga qarab, ularga ergashsa; mol-dunyoda esa o‘zidan pastdagilarga qarab, o‘zini ulardan afzal qilgan Allohga hamd aytsa, Alloh uni shukr qiluvchi, sabr qiluvchi deb yozib qo‘yadi. Kim din borasida o‘zidan pastdagilarga, dunyo borasida esa o‘zidan yuqoridagilarga qarab, o‘zi yetisha olmagan narsaga afsuslansa, Alloh uni shukr qiluvchi ham, sabr qiluvchi ham deb yozmaydi» (Imom Termiziy rivoyati).


Uch xil qarash qalbingizdagi mahzunlikni ketkazadi:

- birovlardagi narsalarga rozilik ko‘zi bilan qarash;
- musibatga uchraganlarga ibrat ko‘zi bilan qarash;
- ahvoli sizdan yomonroq, holi xarobroq odamlarga qarash.

Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev 
tarjimasi.