Ulug‘ alloma, nafaqat Hindistonda balki butun dunyoda shuhrat qozongan, “Ummat hakimi” degan ulug‘ nomga sazovar bo‘lgan bu zotning to‘liq ismlari Ashraf Ali Tahonaviy ibn Munshiy Abdulhaq ibn Hofiz Fayz Ali ibn G‘ulom Farid Shahid ibn Jalol ibn Rahmatulloh ibn Omonulloh ibn Atiyqulloh Xatib ibn Hofiz Habibulloh ibn Odam ibn Muhammad Jalol ibn Sodrjahondir.
U kishining nasablari ota tomonidan ikkinchi xalifa va buyuk sahobiy hazrat Umar roziyallohu anhuga borib taqaladi. Ona tomondan esa sahoba hazrat Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga borib taqaladi.
Alloma Ashraf Ali Tahonaviy hijriy 1280 yil (milodiy 1863) Tahona qishlog‘ida dunyoga kelganlar. Tahona qishlog‘i Hindistonnng shimolida joylashgan bo‘lib u yerdan ko‘plab ulamolar yetishib chiqqan.
Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asarini ustozlari alloma Mahmud Hasan Devbandiydan o‘rganganlar. Zafar Ahmad Usmoniy u kishi haqida bunday deganlar: “Shayx Tahonaviy mazhabda o‘rtaholligi va mo‘tadilligi, shuningdek, ixtilofli masalalarda kengbag‘rligi va keng fikrligi bilan ajaralib turgan”.
Shu bilan birga Tahonaviy muomalot masalalarida muammo bo‘lmasligi uchun to‘rtta mazhabning birortasiga to‘g‘ri kelsa odamlar butunlay shariatni tashlab ketmasliklari uchun o‘sha mazhab bo‘yicha fatvo berar edilar.
Har bir yetuk inson yuqori darajaga etishida, albatta, unga ustoz lozim. Shuningdek, Imom Tahonaviyning mana shunday yetuk darajaga yetishlarida u kishining ustozlarining o‘rni juda katta.
Ustozlari:
Tahonaviy o‘z asridagi turli ilm sohalarini mukammal egallagan mashhur olim bo‘lib, masalalarni aniqlashda va dalillarni chuqur o‘rganishda ilm toliblari orasida shuhrati keng tarqalgan. Tahonaviyning yetuk ilmi va ma’rifatidan foydalanish uchun musulmon o‘lkalarning turli chekkalaridan ilm talabidagilar jamoa-jamoa bo‘lib yog‘ilib kelar edi. Ular Tahonaviyning ilmidan hayratlanib, uni qattiq hurmat qilishardi.
Shogirdlari ko‘p bo‘lib, ularning eng mashhurlari quyidagilar:
Abdulloh PARPIYEV
Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi
Abdulhakim Supiyev, Pop tumani bosh imom-xatibi