An’anaga sodiq qolgan holda bugungi tadbirimiz ham Qur’oni karim tilovati va duolar bilan boshlanib, duo qilindi.
Bugungi kun imom-xatibi ham diniy ham dunyoviy bilimlar sohibi bo‘lishi, dunyoda yuz berayotgan voqe’likdan xabardor bo‘lib, xalqni ezgulik va birdamlikka chaqirishi, haq bilan botilni ajratib berishi, ikki dunyo saodatiga chorlovchi ma’rifat peshvosi bo‘lishi davrning talabidir. Shuningdek, hozirgi paytda islom dini niqobi ostida ro‘y berayotgan urush va to‘qnashuvlar, fitna-fasodlar, buzg‘unchi g‘oyalarning nayranglari iskanjasidan tinch aholini islom diniga bo‘lgan etiqodini to‘g‘rilash, ularga haq yo‘lni ko‘rsatib berish ham ularning asosiy vazifalaridir.
Bu yil ham ana shunday faol va iqtidorli imom-xatiblarimiz tuman va viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, ko‘rik tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etishmoqda.
Tanlov 70 ballik tizimda olib boriladi. Ishtirokchilar avvalo raqamlar yozilgan qog‘ozlarni tortib, o‘z chiqish navbatlarini raqamlar tartibida aniqlab oladi. Shundan so‘ng, tartib bo‘yicha chiqib hakamlar hay’ati stolidan savollar solingan konvertlardan birini olib, maxsus ajratilgan joyga o‘tirib, undagi bilet raqamini e’lon qiladi va savollarni birma-bir o‘qib javob beradi.
Hakamlar hay’ati har bir savolga berilgan javob uchun maksimum 10 ball, minimum 2 ball qo‘yishlari mumkin.
Videolarni ko‘rish uchun quyidagi linkni bosing:
Bizni kuzatishda davom eting.
Telegramdagi kanalimizda ham voqealar rivoji bilan tezkor tanishib borishingiz mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi