Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyun, 2025   |   17 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:00
Xufton
21:38
Bismillah
13 Iyun, 2025, 17 Zulhijja, 1446

Istambulda xalqaro simpozium o‘tkaziladi

01.11.2017   10637   1 min.
Istambulda xalqaro simpozium o‘tkaziladi

Islom hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro  Islom tashkiloti (ISESCO) shu yilning 1-2 noyabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida Islom madaniyati, san’ati va tarixi bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar markazi – (IRCICA) bilan hamkorlikda Islom olamida mavjud bo‘lgan tarixiy va madaniy obidalarni muhofaza etish bo‘yicha xalqaro simpoziumni o‘tkazadi.

Mazkur simpoziumni o‘tkazishdan Islom olamidagi tarixiy va madaniy obidalarni asrashni rivojlantirish, ularni ayrim davlatlarda sodir bo‘layotgan beqaror vaziyatlar tufayli talafotlar yetishi kabi holatlarga uchrashining oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi maqsad qilingan.

Xalqaro simpozium ishtirokchilari xavfu xatarga duch kelayotgan madaniy obidalarni muhofaza etish borasidagi xalqaro va mintaqaviy muassasalar va tashkilotlarning rolini faollashtirish to‘g‘risida ham o‘zaro suhbatlar olib borishadi.

Simpozium yakunida “Islom olamida madaniy obidalarni asrashga doir Istambul bayonnomasi” qabul qilinadi va unda obidalarni asrashga doir tavsiyanomalar ishlab chiqiladi. Mazkur simpozium ishida (ISESCO) tashkiloti nomidan vakil sifatida tashkilotning madaniyat ishlari boshqarmasidagi yetakchi mutaxassisi Doktor Muhammad Yunus “Xalqaro (ISESCO) Islom tashkilotining Islom olamida madaniy obidalarni muhofaza etishdagi tashabbuslari va qarashlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.   

Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi

Ilyosxon AHMЕDOV tayyorladi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Kiyim o‘g‘irlagan tosh

13.06.2025   519   1 min.
Kiyim o‘g‘irlagan tosh

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh ﷺ aytdilar:

"Albatta, Muso (alayhissalom) nihoyatda kuchli hayo egasi bo‘lib, badanini doimo yopib yuradigan kishi edi. U hayo qilgani uchun o‘z tanasidan biror joyini ochib yurmas edi. Banu Isroil orasida ba’zi kimsalar uni kamsitib: ‘U doimo o‘z tanasini yashiradi, bu – uning badani nuqsonli bo‘lgani uchun shunday qilar. Balki u abras (pes), yoki moyaksiz (odar), yoki yana biror baloga uchraganidandir’, deyishdi.

Alloh taolo esa ularning bu gap-so‘zlaridan Musoni poklashni iroda qildi.

Bir kuni Muso alayhissalom cho‘milgani bordi. Kiyimlarini tosh ustiga qo‘yib, cho‘milishga kirishdi. Suvdan chiqib, kiyimlarini olish uchun tosh oldiga qaytganida, tosh uning kiyimlarini olib qochdi.

Muso alayhissalom hassasini oldi-da, tosh ortidan quvdi va: "Ey tosh, kiyimimni qaytar! Ey tosh, kiyimimni qaytar!", der edi.

U shu holatda Banu Isroilning bir guruhiga duch keldi. Ular Musoni kiyimsiz holda ko‘rishdi – Alloh yaratganlar ichida eng chiroyli, eng sog‘lom badan egasi ekaniga guvoh bo‘lishdi.

Alloh taolo Musoni ularning gap-so‘zlaridan poklab qo‘ydi.

Tosh to‘xtashi bilan Muso alayhissalom kiyimlarini olib kiydi-da, asosi bilan toshni ura boshladi.

Payg‘ambarimiz ﷺ aytdilar: "Allohga qasamki, Muso urgan toshda uch, to‘rt yoki beshta iz qoldi (ya’ni, urilgan zarbalar izi qoldi)."

Bu borada Alloh subhanahu va taolo bunday dedi: "Ey mo‘minlar! Musoga ozor berganlar kabi bo‘lmanglar. Bas, Alloh uni ayblaridan pokladi. Va u Allohning huzurida obro‘li zot edi" (Ahzob surasi, 69-oyat).

Maqolalar