Janubiy-sharqiy Osiyoda joylashgan Myanma davlatida islom diniga e’tiqod qiluvchi ko‘p sonli musulmonlari istiqomat qiladi. Musulmonlar Myanmada aholining 4,3 foizi, ya’ni 2,5 million nafarini tashkil etadi. Shundan rohinja musulmonlari 1 million nafardan ortiqdir.
Myanmada aholining asosiy qismi buddizmga e’tiqod qilgani sababli, ushbu mamlakatda o‘zga din vakillariga nisbatan hukumat qo‘shinlari va buddist ekstremistlar tomonidan bosim o‘tkazilgan edi.
Joriy yilning 25 avgustidan boshlangan ta’qiblar natijasida rohinjalar Myanmaga chegaradosh bo‘lgan Bangladeshga qochib o‘tgan edilar.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti xisob-kitoblariga ko‘ra, rohinja bugungi kunda eng kam sonli elatlardan biri sanaladi. Ular asrlar davomida Myanma hududida istiqomat qilib kelayotganiga qaramay, hukumat ularning fuqarolik huquqlarini tan olishni istamayapti.
Myanma hukumati “rohinja millat emas, ular bangladeshlik muhojirlar” degan fikrni ta’kidlamoqda.
G‘arb ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Rohinja shtatida Myanma armiyasi va rohinja jangari guruhlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan. Unda 71 nafar aholi va 12 nafar harbiylar halok bo‘lgan edi.
Insoniyat e’tiqod qiladigan dinlarning hech birisi u yoki bu vaj bilan begunoh qishilarni o‘ldirishga buyurmaydi.
Shunday ekan arakanlik rohinja musulmonlariga qarshi qaratilgan tajovuzlar kim tomonidan va nima maqsadda amalga oshirilayotganini chuqur tahlil orqali aniqlash mumkin.
Myanmadagi “969 harakati” va u ilgari surayotgan g‘oyalar yuzaga kelgan mojaroning asosida ekanini ko‘rish mumkin.
Ashin Virathu o‘zini “buddaning o‘g‘li” ekanligini aytib, buddaviylik dini va madaniyatini himoya qilish maqsadida “969 harakati”ni tuzgan shaxs, rohinja musulmonlarini o‘ziga qarshi katta xavf deb ko‘rmoqda. Ularni o‘ldirish va Myanma tuproqlaridan majburiy ko‘chirish har bir buddaviy aholi uchun shart ekanligini ta’kidlamoqda.
U dunyodagi har qanday qo‘poruvchilik harakati uchun musulmonlarni aybdor sanaydi.
Myanma hukumati rohinja musulmonlarining haq-huquqlarini ochiqcha poymol qilib, ularni “bangladeshlik muhojirlar” deya hisoblaydi.
Ushbu ekstremistik guruhni qo‘llab-quvvatlashdan maqsad “yashirin kuchlar”ning geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirish ekanini anglash qiyin emas.
Ma’lumolarga ko‘ra, Myanmaning Arakan viloyatida juda katta yer osti zahirasi, tabiiy boyliklar mavjud.
Hozirda Arakanda aynan rohinja aholisi yashaydigan hududda 1,2 trillion kub-metr tabiiy gaz va 2,1 milliard barrel neft zahiralari majud ekani taxmin qilinmoqda. Bu esa mojarolarning aniq maqsadini yuzaga chiqaradi.
O‘zbekiston hukumati Myanmadagi holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirgan holda, 18 sentyabr kuni zarur mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamini Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining Dakkadagi milliy bosh qarorgohiga yetkazib berish bo‘yicha amaliy ishlarni bajargan edi.
O‘zbekiston Respublikasi yetkazib bergan insonparvarlik yordami Bangladeshda bo‘lib turgan 50 mingdan ortiq qochoqlar ehtiyojini qondirishga yetarli bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda Bangladesh hududida Myanmadan qochib o‘tgan 400 mingga yaqin qochoqlar yashamoqda.
O‘zA bergan ma’lumotlarda O‘zbekistondan 14 turdan ziyod oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar yuborilgan edi.
Xulosa qilib aytganda, rohinja musulmonlari yashayotgan hududni ayrim transmilliy kompaniyalar manfaatlari ta’siriga tushgan maydon sifatida e’tirof etish hamda Myanma hukumati Arakan shtatidagi tabiiy qazilma boyliklardan katta foyda olishni rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin deya taxmin qilish mumkin.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar: "Birgina gunohim uchun besh oy tahajjuddan mahrum bo‘ldim". “U qaysi gunoh edi?” deb so‘rashdi. "Yig‘lab duo qilayotgan kishini ko‘rib, ichimda: "Bu kishi riyo qilyapti", degandim…".
Imom Makhul rahmatullohi alayhi: "Bir kishini namozda ruku’ va sajda qilib, yig‘layotganini ko‘rdim va ichimda "u riyo qilyapti!" deb unga tuhmat qildim va o‘zim bir yil yig‘lashdan mahrum bo‘ldim".