Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2025   |   2 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:42
Peshin
12:30
Asr
17:10
Shom
19:11
Xufton
20:29
Bismillah
25 Avgust, 2025, 2 Rabi`ul avval, 1447

Musulmon olimlari dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar (Musiqa)

27.10.2017   10997   1 min.
Musulmon olimlari dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar (Musiqa)

Musiqa qadimgi davrlardayoq paydo bo‘lib yuzyilliklar osha takomillashib kelgan esa-da, uning yanada ravnaq topishiga O‘rta Sharq musulmonlari katta hissa qo‘shgan. Masalan, musulmon sozandalar Yevropaga olib borgan ud sozi skripkaning ixtiro qilinishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, asrlar davomida keng qo‘llanib kelinayotgan nota  yozuvlari ham arab alifbosi asosida yaratilgan.

Robiya JO‘RAQULOVA

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi

18.08.2025   3943   1 min.
15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi

Qashqadaryoda 15 juft yoshlarning nikoh va 160 nafar bolajonning sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi. 
 

Prezidentimizning e’tibori va tashabbusi bilan o‘tkazilgan nikoh va sunnat to‘yini viloyat hokimi Murotjon Azimov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Unda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov, faxriylar, ziyolilar ishtirok etib, to‘y sohiblari va homiylari haqqiga xayrli duolar qilishdi. 
 

Murotjon Azimov: "To‘y sababchilariga o‘zimizning samimiy tilaklarimizni bildiramiz. To‘ybolalarimiz ota-onalariga faqat obro‘ va rahmat yetkazadigan, Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan mard va olijanob yigitlar bo‘lib yetishsinlar! 

Yoshlarimiz qurayotgan oilalar mustahkam bo‘lsin, kelin-kuyovlarimiz baxtli-taxtli bo‘lib, qo‘sha qarishsin!". 
 

To‘y munosabati bilan kelin-kuyovlarga zamonaviy televizor va 5 mln. so‘mlik sertifikat hamda sunnat to‘yi bo‘layotgan bolajonlarning har biriga velosiped va 1 mln. so‘mlik moddiy yordam berish haqidagi hujjat taqdim etildi.


Ushbu to‘y yoshlarimizning ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni oilaviy hayotga munosib kirishishga yordam beradi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi 15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi 15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi 15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari