Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Noyabr, 2025   |   22 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:47
Quyosh
07:09
Peshin
12:12
Asr
15:24
Shom
17:09
Xufton
18:25
Bismillah
13 Noyabr, 2025, 22 Jumadul avval, 1447

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan xalqaro Qur’oni karim musobaqasida vakillarimiz ishtiroki

18.10.2017   6728   2 min.
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan xalqaro Qur’oni karim musobaqasida vakillarimiz ishtiroki

 Har yili dunyoning turli mamlakatlarida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan xalqaro Qur’oni karim musobaqalarida  diyorimizdan  yetishib chiqayotgan iqtidorli qorilarimiz yurtimiz vakili sifatida qatnashib kelmoqda.   Yaqinda shu yilning 7-11 oktyabr kunlari Qur’oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligining Makkai mukarrama shahrida o‘tkazilgan 39-Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  Unda ikki nafar vakilimiz – Toshkent islom instituti bitiruvchisi  Saydullo qori Tohirov va  “Ko‘kaldosh” islom bilim yurti talabasi Abdulbasir qori Kamolov ishtirok etib qaytishdi.

Mazkur musobaqada dunyodagi 70 dan ortiq davlatdan yetuk Qur’on hofizlari ishtirok etib, ular orasida vakillarimiz Qur’oni  karimning to‘liq 30 porasini va 15 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish yo‘nalishida qatnashdi.

Musobaqa quyidagi 4 yo‘nalishda o‘tkazildi:

  1. Qur’on karimni tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qib berishi bilan birga Qur’oni karimdagi oyati karimalarning tafsirini bilish.
  2. Qur’on karimning 30 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish.
  3. Qur’on karimning 15 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish.
  4. Qur’on karimning 5 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish.

Ushbu yo‘nalishlardagi yuqori uch o‘rinni qo‘lga kiritgan qorilarga sovrinli mukofotlar topshirildi. Qorilarimiz o‘z yo‘nalishida g‘olib o‘rinlardan keyingi kuchli o‘ntalikdan o‘rin egallashdi.

Vakillarimizga musobaqadagi ishtiroki to‘g‘risida tashakkurnoma yorlig‘i taqdim etildi.  Ular Saudiya Arabistoni safari davomida Makkai mukarramada umra ibodatini ado etishdi. Musobaqa tashkiliy hay’ati  tomonidan Makkai mukarrama va Madinai munavvara shaharlaridagi muqaddas qadamjolarga ishtirokchilar uchun ziyorat uyushtirildi.

Xalqaro aloqalar bo‘limi

18.10.2017 yil

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

12.11.2025   1408   1 min.
“O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan diniy soha xodimlari ishtirokida “O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda imom-xatiblar, imom-noiblar hamda otinoyilar ishtirok etdilar. Suhbat davomida yurtimizdagi dinlararo va millatlararo totuvlik siyosati, shuningdek, bugungi global jarayonlarda diniy soha xodimlarining o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha fikr almashildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professorlari Farhodjon Karimov va Bektosh Berdiyevlar ma’ruza bilan chiqish qildilar. Ular o‘z nutqida bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni jamiyat barqarorligi, davlat siyosatining asosiy ustuni sifatida ta’kidlab o‘tdi.

Yangi O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari bir-birini to‘ldiruvchi, xalq manfaatiga xizmat qiluvchi tizim sifatida shakllanmoqda. Bag‘rikenglik – bu shunchaki shior emas, balki har bir fuqaroning qalbida joy olishi kerak bo‘lgan qadriyat ekani, ta’kidlandi.

Shuningdek, bugun jahondagi ziddiyatlar, ayniqsa, diniy niqob ostidagi nizolar barcha jamiyatlarni ogoh bo‘lishga chorlamoqda. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistonda turli millat va din vakillarining tinch-totuv, o‘zaro hurmat muhitida yashab kelayotgani qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar davlat va din munosabatlari haqidagi qonunchilik asoslari, diniy erkinlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlar, shuningdek, jaholatga qarshi ma’rifat orqali kurashishdagi yangi yo‘nalishlar haqida ham fikr almashdilar.

Suhbat so‘ngida mamlakatimizdagi tinchlik va totuvlik muhitini saqlab qolishda har bir imom, har bir ma’rifat fidoiysi o‘z hissasini qo‘shishi lozimligini ta’kidlab o‘tildi.

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

“O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi “O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi “O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi “O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi “O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi