Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyun, 2025   |   24 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:41
Bismillah
20 Iyun, 2025, 24 Zulhijja, 1446

Vakillarimizning Xalqaro Qur’oni karim musobaqalaridagi ishtiroki.

06.10.2017   13856   2 min.
Vakillarimizning Xalqaro Qur’oni karim musobaqalaridagi ishtiroki.

Shu yilning 7-11 oktyabr kunlari  Saudiya Arabistoni Podshohligining Makkai mukarrama shahrida XXXIX  Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi o‘tkaziladi. Vakillarimizdan Toshkent islom instituti bitiruvchisi Saydulloh qori Tohirov va “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Abdulbasir qori Kamolov mazkur musobaqada ishtirok etish uchun 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishdi. 

Ushbu musobaqada 50 dan ortiq davlatdan kelgan, 200 ga yaqin qorilar ishtirok etadi. Musobaqa shartlari quyidagilardan iborat:

  1. Qur’on karimni tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qib berishi bilan birga Qur’oni karimdagi oyati karimalarning tafsirini bilishi.
  2. Qur’on karimning 30 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berishi.
  3. Qur’on karimning 15 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berishi.
  4. Qur’on karimning 5 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berishi.

Vakillarimiz musobaqaning 2 va 3 shartlari bo‘yicha ishtirok etadi.

Shuningdek, shu yilning 7 – 9  oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida XVIII Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Har yili dunyoning sharq va g‘arb mamlakatlari vakillari ushbu musobaqada ishtirok etib kelmoqda.  Hozirda mazkur musobaqada qatnashish uchun 32 ta mamlakat  vakillari tashrif buyurishdi. Quvonarli jihati shundaki, ushbu musobaqada yurtimiz vakili  Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi “Hazrati Umar” jome masjidi imomi noibi Azimboyev Valixon qori ham qatnashadi.  Vakilimiz so‘ziga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida o‘tkaziladigan XVIII Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi shartlari Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan o‘qish va uni chiroyli talaffuz qilishdan iborat. Qorilarimizga mazkur xalqaro nufuzli musobaqalarda oliy o‘rinlarni egallashini Allohdan so‘rab qolamiz. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi,

A.Parpiyev

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Osoyishtalik siri

17.06.2025   6229   1 min.
Osoyishtalik siri

Er-xotin tez-tez urishib qolaverdi. Shunda ayoli eriga: 
 

– Dadasi, qo‘shnilarimiz biror marta urishganini eshitmadim. Biz esa tez-tez janjallashib qolyapmiz. Qarshi bo‘lmasangiz, qo‘shni ayoldan buning sirini bilib kelaman, – dedi. 
 

Eri rozi bo‘ldi. Ayol qo‘shni ayol bilan suhbatlashgani chiqib, undan  oilada osoyishtalikni saqlash siri haqida so‘radi. 
 

Bu paytda qo‘shni ayol oshxonada ovqat qilayotgan, uning eri esa stolda bir nimalarni yozib o‘tirgandi. Shunda birdan telefon jiringladi. Eri telefon oldiga borar ekan, bexos stol ustida turgan vazani turtib yubordi. Vaza yerga tushib, sindi. Bu holni ko‘rgan ayoli darrov kelib vazani siniqlarini tera boshladi. Eri ayoliga aybdorona qarab, uzr so‘radi. Ayoli esa: “Aslida men sizdan uzr so‘rayman. Chunki vazani stol ustiga – noqulay joyga qo‘ygan ekanman”, dedi.


Bu holni kuzatgan qo‘shni ayol uyiga qaytib keldi va nimalar ko‘rganini aytib berdi. So‘zi yakunida: “Oddiy bir ishda ular ikkalasi ham o‘zini aybdor hisoblarkan. Biz esa har ishda o‘zimizni haq, deymiz. Janjalimiz sababi shundan ekan”, dedi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman» (Imom Abu Dovud rivoyati). 
 

Mana, osoyishtalik siri nimada ekan! 

Akbarshoh Rasulov

 

Ibratli hikoyalar