Dog‘iston poytaxti Maxachkalada Rossiyadagi eng katta muzey ish boshlaydi.
“Rossiya – mening tarixim” nomli ushbu muzey joriy yilning 1 oktyabrida ochiladi.
Dog‘iston rahbari Ramazon Abdulatipov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti idorasi ichki siyosat ishlari bo‘yicha bosh maslahatchisi Roman Balashov va Ijtimoiy loyihalar Fondi direktori Ivan Yesin bilan yangi muzey ochilishi, yangi loyihani tadbiq etish va u bilan bog‘liq masalalarni hal etish yo‘llarini muhokama qilishdi.
Dog‘iston rahbari Ramazon Abdulatipov muzeyda o‘lkaning tarixini butunligicha yorituvchi bo‘lim bo‘lishi kerakligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.
Xalqaro aloqalar bo‘limi
Dunyoda shunday ishlar borki, Alloh taologa suyukli bo‘ladi. Ulardan biri ko‘ngilni shod etish hisoblanadi.
Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taologa farz ibodatlardan keyin eng maqbul ish – musulmon kishining ko‘ngliga surur (xursandchilik) yetkazishdir”.
Darhaqiqat, o‘zga kishining ko‘nglini olish, uni xursand qilish xayrli amallardandir. Hazrati Alisher Navoiy:
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay, deya bejiz aytmagan.
Musulmonning ko‘ngliga ozor berish esa, xunuk ishlardandir. Bu haqda xalqimizda: “Dilozordan Xudo bezor”, degan naql bor.
Alloh taolo barchamizni o‘zgalarga ozor berishdan saqlab, Alloh taologa suyukli bo‘lgan ishlarni qilishga muvaffaq aylasin!
Ruhiddin Akbarov,
O‘MIning
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi