2023 yil 11 aprel' kuni muborak Ramazon oyini munosib nishonlash maqsadida Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati virtual simpozium o'tkazdi. Simpozium tashkilot Bosh kotibiyati tomonidan Ramazonga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida o'tkazilib, uni Halqaro islom fiqhi akademiyasi qoshidagi Fatvolar va murojaatlar rasadxonasi rahbari, doktor Muhammad Mustafo Shuayb olib bordi.
Anjuman “Ro'za va taqvo”, “Ro'za va Qur'on”, “Ro'za va namoz tushunchalari”, shuningdek, “Qadr va Ramazon oyining oxirgi o'n kunligi fazilati”, “Saxovat oyida mehr-muruvvat va saxovat tushunchalari” kabi mavzular doirasida bo'lib o'tdi. Shuningdek, Gvineya Respublikasining Konakri shahrida bo'lib o'tgan 40-sessiyaning vazirlar kengashi qaroriga muvofiq, Ramazon oyining 15-kunini “Yetimlarga g'amxo'rlik ko'rsatish” kuni qilib belgilash masalasi ham muhokama qilindi.
O'MI Matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan