Sayt test holatida ishlamoqda!
30 May, 2025   |   3 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:53
Peshin
12:26
Asr
17:32
Shom
19:51
Xufton
21:26
Bismillah
30 May, 2025, 3 Zulhijja, 1446

Saudiya Arabistoni Uqba bin Nafi' masjidini qayta tiklash harakatida

13.04.2023   1083   2 min.
Saudiya Arabistoni Uqba bin Nafi' masjidini qayta tiklash harakatida

Saudiya Arabistoni Podshohligi Marokashdagi qadimiy Uqba bin Nafi' masjidi va unga tutash tarixiy shaharni qayta tiklashi orqali poytaxt Aglobid va Afrikadagi Islomning birinchi poytaxtini ham tiklash harakatida.

Hijriy 50-yilda qurilgan Uqba ibn Nafi' masjidi mahalliy musulmon xalqlar hayotida muhim o'rin tutgan. Uning maydoni 9700 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu noyob me'moriy durdona dunyodagi eng nafis islom yodgorliklaridan biridir.

Masjid eng qadimiy minoralardan biri ega bo'lib, balandligi 31,5 metr va u 3 qavatdan iborat. Mutaxassislarining fikricha, masjidda terak yog'ochidan o'yib yasalgan minbar mavjud bo'lib, u hijriy 3-asrga to'g'ri keladi. Shuningdek, masjidning o'ziga xos qadimiy bezaklari hanuzgacha saqlanib qolingan. Masjidning tashqi ko'rinishi uning qalin va baland devorlari tufayli ulkan qal'aga o'xshab ketishidan dalolat beradi.

Bu diqqatga sazovor Uqba bin Nafi' masjidi devorlarida yoriqlar borligi tufayli bino xavfli holatga kelib qolgan.  Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning qayta tiklash loyihasi “Qeyrvan”  masjidining oldingi jilosi va yorqinligini qayta tiklashga qaratilgan.

Bu loyiha 36 gektardan ortiq maydonni egallagan va 1988 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat bo'yicha "Yunesko" tashkiloti tomonidan Jahon merosi sifatida ro'yxatga olingan qadimiy Qeyrvan shahriga e'tibor qaratishni o'z ichiga oladi.

Saudiya Arabistoni Podshohligining Tunisdagi elchisi doktor Abdulaziz bin Ali as-Saqar Saudiya matbuot agentligiga bergan bayonotida Uqba bin Nafi' masjidini qayta tiklash loyihasi Saudiya va Tunis xalqalari orasini  o'zaro bog'lovchi birodarlik munosabatlarining timsoli ekanligini ta'kidladi.

Saudiya Arabistoni hukumatining  tarixiy masjid sifatida Islom dinida tutgan o'rnining yuqoriligi tufayli Uqba bin Nafi' masjidini qayta tiklash loyihasi qadimiy masjidlarni ta'mirlashdagi “Nigoh-2030” taraqqiyot loyihasining bir qismi sanaladi.

                                                            

O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ro‘zg‘orda yetishmovchilik bo‘lyaptimi?

19.05.2025   8045   1 min.
Ro‘zg‘orda yetishmovchilik bo‘lyaptimi?

Mishariy Xarroz rahimahulloh aytadilar:

“Noliyapsanmi?

Hovli-joying torlik qilyaptimi?

Yoki yashashing va turmushingdagi mushkulotlar ko‘pmi?

Yoki uyingdagi ehtiyojlaring tez tugab qolyaptimi?

Yoki oilang, ro‘zg‘oringda yetishmovchilik bo‘lyaptimi?

U holda senga Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘qigan quyidagi duolarini dalolat qilaman. Uni tajriba qilib ko‘rib, shaxsiy hayotimda ajib ta’sirini ko‘rganman: “Allohummag‘firliy zanbiy, va vassi’ liy fiy dariy, va barik liy fiy rizqiy! (Robbim, gunohlarimni kechir. Hovlimni keng qil va rizqimga baraka ber).

Bunga rioya qilarkansan, tez orada uyingdagi holatni o‘zgarishini ko‘rasan, inshaalloh!”.