Bugun Toshkent shahridagi qator masjidlarda Qur’oni Karim xatmi nihoyasiga yetkazilib duolar qilinadi:
1. “Hazrati imom” jome masjidi. (Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 49-uy.)
Qorilar: Ismoiljon Qurbonov, Ahmadxon Alimov, Abdulbasir Kamolov;
2. “Maxkam ota” jome masjidi. (Uchtepa tumani, Bayroq-Durbek ko‘chasi, 14a-uy.)
Qorilar: Abduqodir Abduraxmonov, Dilshod G‘oziyev;
3. “Ko‘kcha Oqtepa” jome masjidi. (Uchtepa tumani, Shula ko‘chasi,12-uy.)
Qorilar: Abubakr Valiyev, Fayzulloh Hasanov.
Qariyb o‘n oydirki, yurtimizning barcha hududlarida “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Hoji ota, hoji onalar, imom-xatib va faollar bilan birga mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, notinch, ajrim yoqasida turgan oilalar holidan xabar olib, qimmatli va’z-nasihatlar bilan ularning ko‘ngillariga iliqlik olib kirish barobarida xayriya va ehsonlar ulashmoqda.
Bugunga qadar 84 ming 793 ta tadbir o‘tkazildi. Ularda 518 121 nafar yurtdoshimiz qamrab olindi. 11 mingdan ziyod hojilar ishtirok etayotgan tadbirlar natijasida jamiyatdagi ma’naviy muhit yanada yaxshilanmoqda. Zero, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot kishilik jamiyatida doimiy qilinishi lozim bo‘lgan ishlar sirasiga kiradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati