Sayt test holatida ishlamoqda!
25 May, 2025   |   27 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:56
Peshin
12:25
Asr
17:30
Shom
19:47
Xufton
21:20
Bismillah
25 May, 2025, 27 Zulqa`da, 1446

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Surxondaryodagi Imom Termiziy jome masjidiga tashrif buyurdilar

01.06.2017   8684   1 min.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Surxondaryodagi Imom Termiziy jome masjidiga tashrif buyurdilar

Surxondaryoda yangi barpo etilgan Imom Termiziy jome masjidiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va boshqa e’tiborli mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurdi.

Imom Termiziy majmuasidagi masjidning ochilishini, bu marosimga muftiy hazratlarining tashrif buyurganini eshitgan viloyat ahlining uzoq qishloqlarda yashaydigan namozxonlari ham kela boshladi.

Imonli, e’tiqodli odamlar uylaridan ikkita oliyjanob niyat bilan yo‘lga chiqqan: yangi masjidda kamoli ixlos ila namoz o‘qish; muftiy hazratlarini ziyorat qilib, amri ma’ruflarini tinglash.  Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda: “Ular yana tunlarni Parvardigorga sajda qilgan va tik turgan (bedor) holda o‘tkazadigan kishilardir” (Furqon surasi, 64-oyat), deb ta’riflagan mo‘min-musulmonlar aynan shu insonlardir.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Mushkuli borning duosi

21.05.2025   9281   1 min.
Mushkuli borning duosi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mushkuli borning duosi budir: "Allohumma, rohmataka arju va laa takilniy ila nafsiy torfata ’ayn va aslih liy shaniy kullah. Laa ilaha illa anta", dedilar» (Imom Abu Dovud rivoyati).

Ma’nosi: "Allohim, rahmatingdan umidvorman. Meni ko‘z ochib-yumguncha ham o‘z holimga tashlab qo‘yma. Barcha ishlarimni O‘zing o‘ngla. Sendan o‘zga iloh yo‘q".