Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

Qulupnay mevasi onkologik kasalliklardan xalos eta oladi

02.05.2017   13386   2 min.
Qulupnay mevasi onkologik kasalliklardan xalos eta oladi

Qulupnay mevasi saraton kasalligini davolashda yordam beradi.

Mutaxassis olimlar tadqiqotlari kuniga bir piyola qulupnay iste’mol qilish  saraton xastaligining oldini oluvchi vosita ekanligini aniqlashdi. Bu meva hatto mazkur kasallikka chalinib ulgurgan kishilar uchun ham  foydalidir.
Klinik tadqiqotlar natijalari  kuniga 15 dona qulupnay mevasini iste’mol qilib yurish saraton xavfli kasalligidan himoya qilishini isbotladi.

Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlari bu xavfli kasallikni orttirib olganlarda ham sinab ko‘rildi.

Besh hafta o‘tgach, bu xastalik shishlari tarqalishi va o‘sishi to‘xtab, hatto ular kichraygani ma’lum bo‘ldi.

Italiyaning Marche Polytechnic University  olimlari qator tadqiqotlari davomida (xususan, ayollar ko‘krak saratoni) shishlarning sezilarli kichrayganini qayd etishdi.

Avvalgi o‘tkazilgan tadqiqotlar kuniga 10-15 dona qulupnay iste’mol qilish qon tarkibidagi xolesterin miqdorini pasaytirishi hisobiga salomatlikni mustahkamlashini isbotladi.

Qulupnayda o‘simlikning fenol komponentlari ijobiy ta’sir ko‘rsatishga asos bo‘ladi.

Tajriba qulupnay mevasidan organizmda ajraladigan sharbat ta’sirida saraton hujayralari biologik o‘sish va tarqalish  jarayoniga chek qo‘yishini ko‘rsatdi.

Bu meva iste’mol qilinganida kishida kasallikning kuchayishiga sabab bo‘luvchi bir qancha genlar faolligi susaygan.

Qulupnay iste’mol qilish hammaga ham birdek to‘g‘ri kelavermaydi. Bu birinchi navbatda oshqozon ichak tizimi faoliyatida xastaligi bor kishilarga, xususan, gastrit, oshqozon yarasi bor kishilarga taalluqlidir.  Qulupnay mevasida mavjud bo‘lgan katta miqdordagi meva kislotalari mazkur kasalliklar xurujiga sabab bo‘lib qolishi mumkin.

Pishiqchilik mavsumidan oldinroq mevani bozor rastalariga olib chiqish va katta foyda-daromad orttirish maqsadida ayrim qulupnay yetishtiruvchilar inson salomatligi uchun xavfsiz bo‘lmagan agrotexnik usullar va vositalar (nitrat va gormonlar)ni qo‘llaydilar. Shuning uchun bozor rastalariga tabiiy pishiqchilik mavsumidan oldin barvaqt sotuvga chiqarilgan mevalar inson salomatligi uchun xavf-xatar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Eng yaxshisi qulupnayni tabiiy pishiqchilik mavsumida o‘zi yetilib pishganida xarid qilib iste’mol qilish salomatlik uchun foydalidir.

Jaloliddin Nuriddinov

 

Tabobat
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

02.07.2025   10981   1 min.
O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

 

Dunyo yangiliklari