Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Yurtimiz qorilari Eronda o‘tkazilgan Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etdi

29.04.2017   2290   1 min.
Yurtimiz qorilari Eronda o‘tkazilgan Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etdi

Shu yilning 19-26 aprel kunlari Eron Islom Respublikasining poytaxti Tehron shahrida o‘tkazilgan 34-Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida 2 nafar vakilimiz – Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi “Abu Hurayra” jome masjidi imom-noibi Saidov Xudoyqul hamda Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi “Aziz ota” jome masjidi imom-noibi Aminov Muhammadloiq  ishtirok etishdi.

 Ushbu musobaqada dunyoning 80 dan ortiq davlatlaridan tashrif buyurgan qorilar ishtirok etib, ular orasida vakillarimizdan Saidov Xudoyqul Qur’oni karimni to‘liq yoddan o‘qib berish (hifz) yo‘nalishi bo‘yicha qatnashgan bo‘lsa, Aminov Muhammadloiq esa Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan o‘qib berish (qiroat) yo‘nalishida  ishtirok etdi. Musobaqaning hifz yo‘nalishida 1-o‘rinni Eron, 2-o‘rinni Suriya, 3-o‘rinni Sudan, qiroat yo‘nalishida 1-o‘rinni Eron, 2-o‘rinni Iroq, 3-o‘rinni Shvetsiya davlatlari egallashdi. Musobaqa hay’ati tomonidan yurtimiz vakillariga munosib ishtiroki to‘g‘risidagi “Tashakkurnoma” taqdim etildi.

Shuningdek, o‘rta maktab o‘quvchilari, ayol-qizlar va ko‘zi ojizlar ishtirokida ham xalqaro Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Barcha ishtirokchilar uchun Tehron shahridagi diqqatga sazovor joylarga ziyorat uyushtirildi.

                                                                                                                                               

O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

28.06.2025   9971   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Shoiraxon hoji onaning umr yo‘ldoshlari Odiljon otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Shoiraxon hoji onaga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari