Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyul, 2025   |   17 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:34
Bismillah
12 Iyul, 2025, 17 Muharram, 1447

Bilib turib qilingan gunoh

25.04.2017   8165   1 min.
Bilib turib qilingan gunoh

Uyga halol rizq topib borish kerak. Jamiyatda tarqab qolgan, quloqqa chalingan gaplardan biri shuki, ba’zi johil kimsalar odamlarni aldab, pulini yeb ketib, keyin bir marta hajga borsam, gunohlarim yuviladi deb o‘ylab yurishgan ekan. Yoshlikda, kuch-quvvat borida ana shunday gunoh ishlarni qilib yurib, keyin qariganda hajga borib kelsam, onadan tug‘ilganday bo‘lib qolaman deb yurgan yoshlar ham bor ekan. Gunohni qilib-qilib, keyin hajga borar ekan-da, keyin yana boshlar ekan. Keyin yana bir borib kelar emish,  oxirgisidan keyin bu ishni to‘xtatar emish, chunki ancha o‘ziga kelib olgan bo‘lar emish. Shunday johil, nodon odamlar bor ekan oramizda. Shu tushunchasi bilan masjidga qatnab yuribdi. Ammo odamlarni ishontirish uchun, o‘zini namozxon qilib ko‘rsatish uchun qatnayapti. Bundaylarga aytib qo‘yishimiz kerakki, bilib turib qilingan gunohni Alloh kechirmaydi, aksincha, uning azobi juda qattiq bo‘ladi. Bilmay qilgan bo‘lsa, Alloh kechirsa-kechirar, O‘ziga havola. Ammo qasddan qilingan gunohdan O‘zi asrasin!

Rahmatulloh SAYFUDDINOV,

«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Men qabrimga ketaman...

11.07.2025   2402   2 min.
Men qabrimga ketaman...

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Hazrat Tahonaviy rahmatullohi alayhmurid va yaqinlariga «safar qilsangiz va yukingiz sizga bepul olib ketishingizga ruxsat bergan miqdordan ortiq bo‘lsa, albatta, ortiqcha yukning haqqini ado eting va keyin safar qiling», deya ko‘rsatma berar edilar.

Bir kuni u kishi safar qilish uchun vokzalga yetib keldilar. Poyezd kelishiga yaqin qolgan edi. Hazrat yuklarini olib, yuklar tortiladigan joyga yetib keldilar va navbatga turdilar. Tasodifan poyezdda birga ketadigan konduktor u yerga keldi va hazratni tanib qoldi. Darhol: «Hazrat, siz bu yerda nega turibsiz?» deb so‘radi.

Hazrat: «Yukimni torttirish uchun kelganman», dedilar.

Konduktor: «Sizga yukingizni torttirishga zarurat yo‘q. Hech qanday muammo bo‘lmaydi. Men siz bilan birga poyezdda ketaman. Ortiqcha yuk uchun haq to‘lashingiz shart emas», dedi.

Hazrat: «Siz men bilan birga qayergacha borasiz?» deb so‘radilar.

Konduktor: «Falon bekatgacha boraman», dedi.

Hazrat: «Keyin u yog‘iga nima bo‘ladi?» deb so‘radilar. Konduktor: «U bekatda boshqa konduktor keladi. Men unga bu hazratning yuklari, deb aytib qo‘yaman», dedi.

Hazrat: «U konduktor men bilan birga qayergacha boradi?» deb so‘radilar.

Konduktor: «U uzoqqa ketadi. Undan ancha oldin sizning bekatingiz keladi», dedi.

Hazrat: «Yo‘q, men ancha uzoqqa ketaman, oxirat tarafga ketaman, qabrimga ketaman. Qaysi konduktor men bilan birga ketadi?» dedilar. Keyin: «Oxiratda mendan bir davlatga oid poyezdda yukning haqqini ado qilmay qilgan safaring va o‘g‘irliging hisobini ber degan talab bo‘lsa, u yerda qaysi konduktor menga yordam bera oladi?!» dedilar.

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan