Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Dekabr, 2024   |   29 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:48
Peshin
12:30
Asr
15:21
Shom
17:05
Xufton
18:25
Bismillah
29 Dekabr, 2024, 29 Jumadul soni, 1446

Muhammad (s.a.v) ning 201 ism va sifatlari

21.04.2017   46431   12 min.
Muhammad (s.a.v) ning 201 ism va sifatlari

1. محمد Muhammad – maqtalgan.
2. أحمدAhmad – Allohga hamd aytuvchi.
3. حامدHamid – Allohga hamd aytuvchi.
4. محمودMahmud – maqtalgan.
5. أحيدAhyad – fazilatlar bobida yagona.
6. وحيد Vahiyd – yetim.
7. واحدVohid – axloq- odobda yagona.
8. حاشرHoshir – o‘z ummatlarini qiyomat kuni mahshargohga yeg‘uvchi.
9. عاقبOqib – payg‘ambarlarning oxirgisi.
10. طهToho – bu so‘zning ma’nosi Allohgagina ma’lum.
11. يسYosin – bu so‘zning ma’nosi ham Allohgagina ma’lum.
12. طاهرTohir – toza, pok.
13. مطهرMutahhar – poklangan.
14. طيبTayyib – pok, xushtabiat.
15. سيدSayyid – Xoja.
16. رسولRasul – elchi, payg‘ambar.
17. نبيNabiy – payg‘ambar.
18. رحمة Rahmat – marhamatli.
19. بشرى Bushro – xushxabar beruvchi.
20. غوث G‘ovs – yordam beruvchi.
21. غيث G‘oys – yaxshiliklarning tushishiga sababchi.
22. غياث G‘iyos – undan yordam so‘raladigan.
23. نعمة الله Ne’matulloh – Allohning ne’mati.
24. هدية الله Hadiyyatulloh – Allohning hadiyyasi.
25. عروة وثقى U’rvatul vusqo – Mustahkam tutqich.
26. صراط الله Sirotullooh – Allohning keskir qilichi.
27. صراط مستقيم Sirotummustaqim – to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi.
28. ذكرالله Zikrulloh – Allohni zikr qiluvchi.
29. سيف الله Sayfulloh – Allohning qilichi.
30. رسول الرحمةRasulur-rohma- rahmat payg‘ambari.
31. قيمQayyim – to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi.
32. جامعJomi’ – barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassam etuvchi.
33. مقتفيMuqtafiy – ergashuvchi (haq yo‘lga).
34. مقفيMuqaffiy – ergashtiruvchi (o‘ziga).
35. رسوا الملاحمRasulul – malohim – jangu jahon payg‘ambari.
36. رسول الراحةRasulur – roha – rohat payg‘ambari.
37. كاملKomil – yetuk.
38. إكليلIklil – toj.
39. مدثرMuddassir – qo‘rquvdan matohga o‘ranib olgan.
40. مزملMuzzammil – muddassir.
41. عبد اللهAbdulloh – Allohning bandasi.
42. حبيب اللهHabibulloh – Allohning suyuklisi.
43. صفي اللهSafiyyulloh – Allohning tanlagani.
44. نجي اللهNajiyyulloh – Allohning sirdosh do‘sti.
45. كليم اللهKalimulloh – Alloh bilan so‘zlashuvchi.
46. خاتم الأنبياءXotamul – anbiyo – nabiylar oxiri, ularning xotimasi.
47. خاتم الرسلXotamur – rusul - Rasullar xotimasi.
48. مقييMuqyiy – dinni turgizguvchi (rivojlantirguvchi).
49. منجيMunjiy – xaloskor.
50. محي Muhyi– Gunoxlarni ketkazuvchi
51. مذكرMuzakkir – eslatuvchi (Allohni va oxiratni).
52. ناصرNosir – yordam etuvchi.
53. منصورMansur – yordam berilgan, dushmanlari ustidan zafar topgan.
54. نبي الرحمةNabiyyur – rohma – rahmat payg‘ambari.
55. نبي التوبةNabiyyut – tavba – tavbaga targ‘ib etuvchi payg‘ambar.
56. حريص عليكمHarisun alaykum – (saodatga yetishishingizga) tashna, ummatlariga mehribon.
57. معلومMa’lum – hammaga ma’lum.
58. شهيرShahir – hammaga mashhur.
59. شاهدShohid – guvoh.
60. شهيدShahid – guvoh.
61. مشهودMashhud – guvohlik berilgan.
62. بشيرBashir – xushxabar beruvchi.
63. مبشرMubashshir – xushxabar beruvchi.
64. نذيرNazir – azoblardan ogohlantirguvchi.
65. منذرMunzir – oxirat azoblaridan ogohlantirguvchi.
66. نورNur – nur.
67. سراجSiroj – chiroq, quyosh.
68. مصباحMisboh – chiroq.
69. هديHudo – hidoyat qilguvchi.
70. مهدي Mahdiy – hidoyat qilingan.
71. منير Munir – nur taratuvchi.
72. داعي Do’iy – dinga da’vat qiluvchi.
73. مدعو Mad’uv – mehmon.
74. مجيب Mujib – ummatlarini nidosiga javob beruvchi.
75. مجاب Mujab – duosi ijobat bo‘lgan.
76. خفي Xofiy – porlagan.
77. عفو A’fuv – o‘ta kechiruvchi.
78. ولي Valiy – Allohning do‘sti.
79. قوي Qoviy – dushmanlari ustidan qudratli.
80. أمين Amin – ishonchli.
81. مأمون Mamun – omonatdor.
82. كريم Karim – karamli, saxiy.
83. مكرم Mukarrom –yuksak ehtiromli.
84. مكين Makin – quvvatli, Haq yo‘lida sobit.
85. متين Matin – martabasi oliy.
86. مبين Mubin – aniq, ravshan.
87. مؤمل Muammil –intizor bo‘lingan, mushtoq bo‘lingan.
88. وصول Vasul – unga vahiy kelgan.
89. ذو قوة Zu quvvah – irodali.
90. ذو حرمة Zu hurmah – mehr-oqibatli.
91. ذو مكانة Zu makanah – o‘z o‘rniga ega.
92. ذو عز Zu I’zz – ulug‘vor.
93. ذو فضل Zu fazl– fazilatlar ila sifatlangan.
94. مطاع Muto’ – itoat qilingan, bo‘yin sunilgan.
95. مطيع Muti’ – Allohga itoatkor.
96. قدم صدق Qodamu sidq – sobit qadam.
97. مختارMuxtor – tanlab olingan.
98. اجيرAjir – dinga xizmat qilguvchi.
99. جبارJabbor – ayblarni yopguvchi.
100. ابو القاسمAbul – Qosim – Qosimning otasi.
101. ابو الطاهرAbul – Tohir – Tohirning otasi.
102. ابو الطيبAbut – Tayyib – Tayyibning otasi.
103. ابو ابراهيمAbu Ibrohim – Ibrohimning otasi.
104. مشفعMushaffa’ – shafoat huquqi berilgan.
105. شفيعShafi’ – shafoat etuvchi (qiyomat kuni gunohkor ummatlarning kechirilishini Allohdan so‘rovchi).
106. صالحSolih – yaxshi ishlarni qiluvchi, Allohning buyruqlarini ado etuvchi.
107. مصلحMuslih – isloh etuvchi, tuzatuvchi (o‘rtani).
108. مهيمنMuhaymin – ummatlari ishini kuzatib turuvchi.
109. صادقSodiq – rostgo‘y.
110. مصدقMusaddiq – tasdiq etuvchi.
111. صديقSiddiq – rostgo‘y.
112. سيد المرسلينSayyidul – mursalin – payg‘ambarlar hojasi.
113. امام المتقينImomul – muttaqin – taqvodorlar peshvosi.
114. قائد الغرالمحجلينQoidul – g‘urril – muhajjalin – qiyomat kuni sajda qilgan a’zolaridan nurlar chiqib turuvchi ibodatli ummatlarini jannatga eltuvchi.
115. خليل الرحمان Xalilur – Rahmon – Rahmonning do‘sti.
116. برBarr – xayrli, solih amallar qiluvchi.
117. مبرMabarr – hamma yaxshiliklar manbai.
118. وجيهVajih – go‘zal yuzli.
119. نصيحNasih – nasihatgo‘y.
120. ناصحNosih – nasihatchi.
121. وكيلVakil – vakil, ishonch egasi, kafil.
122. متوكلMutavakkil – tavakkal etuvchi.
123. كفيلKafil – kafil, kafolatiga oluvchi.
124. شفيقShafiq – shafqatli, mehribon.
125. مقيم السنةMuqimus – sunna – sunnatni tiklovchi.
126. مقدسMuqaddas – ulug‘lanuvchi, gunohlardan pok.
127. روح القدسRuhul – Qudus – muqaddas ruh.
128. روح الحقRuhul –Haq – haqqoniy ruh.
129. روح القسطRuhul – Qist – adolatli ruh.
130. كافيKofiy – kifoya qiluvchi (diniy ehtiyojlarga).
131. مقتفيMuktafiy – kifoyalanuvchi (Allohning amrlari bilan).
132. بالغBolig‘ – oliy darajalarga yetgan.
133. مبلغMuballig‘ – Alloh tomonidan kelgan barcha diniy ahkomlarni ummatlariga to‘la yetkazuvchi.
134. شافيShofiy – shifokor (qalb kasalliklariga va ma’naviy illatlarga nisbatan).
135. واصلVosil – yetishuvchi (Allohning roziligi va diydoriga).
136. موصولMavsul – yetishiluvchi (ya’ni on hazratning shafoatlariga va diydorlariga ummatlari yetishurlar, inshoolloh).
137. سابقSobiq – barcha fazilat va sharafda oldinda boruvchi.
138. سائقSoiq – ummatlarini bu dunyoda iymon va amal sari, oxiratda esa, do‘zaxdan jannat sari haydovchi.
139. هاديHodiy – to‘g‘ri yo‘dga boshlovchi.
140. مهديMuhdiy – hadiya, ehson sohibi.
141. حزب الله Hizbulloh – Allohning tarafdori.
142. النجم الثاقب Najmussoqib – nur sochib turuvchi yulduz.
143. مصطفى Mustafo – tanlab olingan.
144. مجتبى Mujtabo – mujtabo.
145. منتقى Muntaqo – tanlab olingan.
146. أمي Ummiy – ta’lim olmagan.
147. مقدم Muqaddam – birinchi yaratilgan nur.
148. عزيز Aziz – aziz.
149. فاضل Fozil – fazilatli.
150. مفضل Mufazzal – afzal qilib yuborilgan.
151. فاتح Fotih – fath qiluvchi.
152. مفتاح الرحمة Miftahur rohmah – rahmat kaliti.
153. علم الإيمان A’lamul iymon – iymonning bayrog‘i, belgisi, rukni.
154. علم اليقين A’lamul yaqin – ishonchli bayrog‘, belgi, rukn.
155. دليل الخيرات Dalilul xoyrot – yaxshiliklarga yo‘llovchi.
156. مصحح الحسنات Musohhihul hasanot – yaxshiliklarni mukammal qilib to‘g‘irlovchi.
157. مقيل العثرات Muqilul a’sarot – chatrlarni aytib to‘g‘irlovchi.
158. صفوح عن الزلات Sofuhun a’niz zallat – kqmchiliklarni kechiruvchi, muruvvatli.
159. صاحب الشفاعة Sohibush shafa’ – shafoat sohibi.
160. صاحب المقام Sohibul maqom – maqom sohibi.
161. صاحب القدم Sohibul qadam – mustahkam qadam sohibi.
162. مخصوص بالعز Maxsus bil i’zz – azizlik uchun tanlab olingan.
163. مخصوص بالمجد Maxsus bil majd – ulug‘lik uchun tanlab olingan.
164. مخصوص بالشرف Maxsus bish sharaf – sharaf tanlab olingan.
165. صاحب الوسيلة Sohibul vasilah – vasila sohibi.
166. صاحب السيف Sohibus sayf – qilich sohibi.
167. صاحب الفضيلة Sohibul fazilah – fazilat sohibi.
168. صاحب الإزار Sohibul izor – izor sohibi.
169. صاحب الحجة Sohibul hujjah – hujjat sohibi.
170. صاحب السلطان Sohibus sulton – oxiri zamon umatining sultoni.
171. صاحب الرداء Sohibur rido – rido sohibi.
172. صاحب التاج Sohibut toj – toj sohibi.
173. صاحب الدرجة الرفيعة Sohibud darajatir rofia’ – oliy martaba sohibi.
174. صاحب المغفر Sohibul mig‘far – himoya qiluvchiga ega.
175. صاحب اللواء Sohibul livo – Bayroq sohibi.
176. صاحب المعراج Sohibul Me’roj – me’roj sohibi.
177. صاحب القضيب Sohibul qozib – shoh, novda, xipchin, kaltak, tayoq sohibi.
178. صاحب البراق Sohibul Buroq – buroq sohibi.
179. صاحب الخاتم Sohibul xotam – uzuk sohibi.
180. صاحب العلامة Sohibul a’lamah – belgi sohibi.
181. صاحب البرهان Sohibul burhan – dalilga ega.
182. صاحب البيان Sohibul bayon – bayonga ega.
183. فصيح اللسان Fasihul lisan – fasohatli.
184. مطهر الجنان Mutohhirul janan – qalblarni poklovchi.
185. رؤوف Rouuf – shafqatli, rahmdil.
186. رحيم Rohim – o‘ziga xos mehribon.
187. أذن خير Uzunu xoyr – yaxshiliklarga quloq tutuvchi.
188. صحيح الإسلام Sohihul islam – islomni turli ayb va shaklardan xalos qiluvchi.
189. سيد الكونين Sayyidul kavnayn – ikki olam sayyidi.
190. عين النعيم A’ynun na’im – baxt-saodat bulog‘i.
191. عين الغر A’ynul g‘ur – ulug‘vorlik, go‘zallik bulog‘i.
192. سعد الله Sa’dulloh – Allohning barakasi.
193. سعد الخلق Sa’dul xolq – maxluqotning barakasi.
194. خطيب الأمم Xotibul umam – ummatlar xatibi.
195. علم الهدى A’lamul huda – hidoyat bayrog‘i.
196. كاشف الكرب Kashiful kurob – g‘am-qayg‘ularni ketgazuvchi.
197. رافع الترب Rofi’ut turob – Rofi’ut turob.
198. عز العرب I’zzul arab – arablarning ( va ajamlarning) azizi.
199. صاحب الفرج Sohibul faraj – g‘am-anduhlarni ketgazuvchi.
200. مفتاح Miftoh – (barcha yaxshilikning) kaliti.
201. مفتاح الجنة Miftohul jannah – jannatning kaliti.

Tojiddinov Abdussomad Abdulbosit o‘g‘li

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Safar soati

27.12.2024   2964   6 min.
Safar soati

Ba’zi ulamolar insonning hayot bilan vidolashuv damlarini “safar chog‘i”, “safar soati” deyishadi. Xususan, mashhur olim Oiz Qarniy “Sahobalar hayotidan xotiralar” kitobida Amr ibn Os roziyallohu anhuning “safar soati” haqida so‘z yuritib, bu vaqtning rostgo‘ylik, ruhning pok­lanishi, oshkoralik va shaffoflik onlari ekanini ta’kidlaydi. 
 

Bu vaqtda o‘lim to‘shagida yotgan insondan dunyo bezaklariga intilish, ig‘vo, munofiqlik, soxtakorlik kabi illatlar chekinar va u o‘zining haqiqati bilan yolg‘iz qoladi. Hatto Fir’avn ham jon berish onida ichidagi maxfiy haqiqatni oshkor qilib, bunday degan:

لا إِلَهَ إِلا الَّذِي آَمَنَتْ بِهِ بَنُو إِسْرَائِيلَ وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ

“Iymon keltirdimki, Isroil avlodi iymon keltirgan Zotdan o‘zga iloh yo‘qdir. Men ham musulmonlardanman” (Yunus surasi, ٩٠-oyat).


Mashhur sahobiy Amr ibn Os roziyallo­hu anhu o‘lim to‘shagida yotarkan, yuzini devorga burib olgandi. Atrofida o‘tirgan do‘stlari va o‘g‘li Abdulloh Amr ibn Osga Misrni fath etib, Islomning yoyilishi­ga katta hissa qo‘shganini, Allohning rahmatidan umidvor bo‘lishini eslatar, u zot bo‘lsa, o‘zini qanday oqibat kuta­yotganini bilmagani bois qo‘rquvdan yig‘lardi.


Amr ibn Os roziyallohu anhu so‘nggi lahzalarini boshdan kechirar ekan, yashab o‘tgan hayotini xotirlab, bunday xulosaga keladi: “Mening umrim uch bosqichda o‘tdi. Islomdan oldin jaholat bosqichida yashadim. O‘sha paytda eng yomon ko‘rganim Rasululloh sollallohu alayhi va sallam edilar. Har qancha hiyla-nayrang ishlatib bo‘lsa ham, u zotni o‘ldirishga tayyor edim. Islomni qabul qilgach, Madinaga hijrat qildim. Bu hayotimdagi ikkinchi bosqich, ya’ni kufrdan Islomga o‘tish bosqichi edi...”


Amr ibn Os Makkadan Madinaga Xolid ibn Valid bilan birga hijrat qilgandi. Ular Madinaga yaqinlasharkan, Amr ibn Os Xolid ibn Validga: “Yo oldinda yur yoki orqada qol. Mening gunohlarim ko‘p. Rasulullohga ular haqida aytmoqchiman. U zot bilan yolg‘iz qolishni istayman”, dedi. Shundan so‘ng Xolid ibn Valid oldinga o‘tib ketdi. Amr ibn Os ro­ziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga ke­lib: “Qo‘lingizni bering, bay’at qi­laman”, dedi.


Rasululloh Amr ibn Osga bay’at uchun qo‘llarini cho‘zganlarida, u payg‘ambarimizning muborak qo‘llarini mahkam ushlab oldi. Nabiy alayhissalom: “Senga nima bo‘ldi, ey Amr?” deb so‘radilar. Amr ibn Os: “Men shart qo‘ymoqchiman, ey Allohning Rasuli”, dedi. U zot: “Nimani shart qo‘yasan?” dedilar. Amr ibn Os: “Rabbim o‘tgan gunohlarimni mag‘firat qilishini shart qilib qo‘yaman”, dedi. Amr ibn Os johiliyat davrida Islomga qarshi janglarda qatnashgan va ko‘pgina gunoh ishlarga qo‘l urgandi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ey Amr, bilmaysanmi? Islom o‘zidan oldingi narsalarni yo‘q qiladi (gunohlarni kechiradi)”, dedilar.


Amr ibn Os roziyallohu anhu aytadi: «Qo‘limni Rasululloh sollallohu alay­hi va sallamning qo‘llariga qo‘yib, bay’at qildim. Shundan so‘ng muhabbat va itoatkorlik ila u zotga hamroh bo‘ldim. U zot men uchun insonlarning eng sevimlisi edilar. Islomdan avvalgi nafratim muhabbatga aylandi. Rasuli akram sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan hurmatim sababidan u zotga tik qaray olmaganman. Agar mendan u zotni tasvirlab berishimni so‘rasangiz, bu ishni uddalay olmayman. Chunki u zotga bo‘lgan muhabbatim, ehtiromim va hayoim sababli Rasulullohning yuzlariga qaray olmaganman. Ana shu muhabbat tufayli qaytadan dunyoga kelgandek bo‘ldim... Koshkiydi, o‘sha holatimda vafot topgan bo‘lsam. Chunki mazkur holat din uchun kurash, ilm, tavba va hidoyat kabi his-tuyg‘ularni o‘zida jamlagandi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan so‘ng o‘zgarib qoldim. Bu hayotimning uchinchi bosqichi edi. Bu bosqichda dunyo men bilan oshkora o‘yin qildi. Siffin va Jamal kabi fitnali hodisalar sodir bo‘ldi. Allohga qasam, jannatga kiramanmi yoki do‘zaxgami, bilmayman!.. Hozir birgina kalima bor, xolos. Uni Allohning huzurida o‘zim uchun hujjat qilaman. Bu: “La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah. Lahul-mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shay’in qodir” kalimasidir».


Shundan so‘ng Amr ibn Os roziyallohu anhu kaftini mahkam siqdi va ruhi tanasidan chiqib ketdi. Uning o‘g‘li Abdulloh ibn Amr aytadi: “Otamni yuvgani olib kirdik. G‘assollar uning barmoqlarini yuvish uchun ochmoqchi bo‘ldilar, lekin ular mahkam siqilgandi. So‘ng uni kafanlash uchun barmoqlarini ochdik, lekin ular yana yopilib qoldi. Uni qabrga qo‘yganimizda ham qo‘llari mahkam siqilgandi”...


Ushbu voqea zamirida barchamiz uchun ulkan saboq bor. Amr ibn Os roziyallohu anhuning naqadar samimiyligi, tavhid kalimasini dili va tilida mahkam tutib, Rabbisiga yuzlanganiga havasdamiz, albatta.


Amr ibn Os roziyallohu anhu umrini uch bosqichga bo‘ldi. Bizning “safar soati”miz qanday kecharkin? Hayotimiz necha bosqichdan iborat bo‘ladi? Umrimiz qanday kechyapti? Rabbimiz biz ojiz bandalariga bu borada ham O‘z “taklif”ini taqdim etgan. Oli Imron surasi ٨-oyatida bunday duo bor:

رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً إِنَّكَ أَنْتَ الْوَهَّابُ

“Robbanaa laa tuzig‘ quluubanaa ba’da iz hadaytanaa vahab lanaa mil-ladunka rohmah. Innaka antal Vahhaab”.

“Ey Rabbimiz, bizni hidoyat yo‘liga solganingdan keyin dillarimizni (to‘g‘ri yo‘ldan) og‘dirma va bizga hu­zuringdan rahmat ato et! Albatta, Sen Vahhob (barcha ne’matlarni tekin ato etuvchi)dirsan”. 


Mehribon Zot barchamizni ushbu duo-oyat haqiqati bilan rizqlantirsin! 

Mavjuda NURIDDINOVA
 tayyorladi.

Maqolalar