Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Aprel, 2025   |   2 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:53
Quyosh
05:22
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
30 Aprel, 2025, 2 Zulqa`da, 1446

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazonga qanday tayyorgarlik ko‘rganlar?

20.04.2017   59196   1 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazonga qanday tayyorgarlik ko‘rganlar?

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rajab oyi kirsa, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Allohumma barik lana fi rajabin va sha’bana, va ballig‘na ramazona”, der edilar” (Bayhaqiy va Tobaroniy rivoyati). 

“Yo Alloh! Rajab va sha’bon oylarida bizga baraka ato qilgin va bizlarni Ramazon oyiga yetkazgin!”.

Rajab oyi shamolga, Sha’bon oyi bulutga, Ramazon oyi esa yomg‘irga o‘xshaydi. Endi kim Rajab oyida ekin ekmasa, sha’bon oyida uni sug‘ormasa, Ramazon oyida hosilni qanday qilib yig‘ib oladi?

Shunday ekan, hosilingiz serhosil bo‘lishi uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘rnak olgan holda Rajab oyida ko‘proq solih amallar bilan birga duo qilishni ham unutmang!

 

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Ramazon
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Insoniylik bebahodir

29.04.2025   3026   1 min.
Insoniylik bebahodir

Bir odamning qorni ochdi. U garchi iqtisodiy ahvoli yaxshi bo‘lmasa-da, bir tamaddixonaga kirib, taom buyurtma qildi. Buyurtma tayyor bo‘lgunga qadar derazadan tashqariga qarab o‘tirarkan, ellik yoshlardagi odam tez-tez tamaddixonaga qarab qo‘yayotgani, kirishga jazm qilolmay turganiga ko‘zi tushdi. O‘tgan ketganlar unga e’tibor bermas, u esa aftidan juda och qolgan edi. 
 

Shu payt buyurtma berilgan taom olib kelindi. U esa hech o‘ylanmasdan ovqatni olib, o‘zi och bo‘lsa-da, ko‘chadagi odamga olib chiqib berdi. So‘ng ortiga qaytib, hisobni berishlarini so‘radi. Holatni zimdan kuzatib turgan tamaddixona rahbari xizmatchiga bir qog‘oz berdi. Unda bunday so‘zlar yozilgan edi:

“Insoniylik bebahodir, sizday oliyjanob inson bizning tamaddixonaga kelganidan baxtiyormiz. Ruxsat bersangiz, siz bir miskinni mehmon qilganingiz kabi biz ham sizni mehmon qilsak”.


Xulosa shuki, Alloh taolo hech bir amalni zoye qilmas, bandasini bandasidan qarzdor holda qoldirmas, ehsonga ehson bilan javob qaytarar ekan.

Shunday ekan, imkonimiz borida boshqalarga yaxshilik qilib qolaylik.

Akbarshoh Rasulov

O'zbekiston yangiliklari