Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2025   |   19 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2025, 19 Zulhijja, 1446

Angliyada musulmon aholi soni o‘smoqda

06.03.2017   6589   2 min.
Angliyada musulmon aholi soni o‘smoqda

Britaniya musulmonlar kengashi ma’ruzasida Angliya va Uelsdagi musulmonlar soni keyingi o‘n yil ichida milliondan oshgani aytilgan. Ma’ruzada ta’kidlanishicha, bu yerdagi musulmonlar soni  2001 yilda 1.5 mln. bo‘lgan, 2011 yilga kelib esa 2.7 mln.ga yetgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya va Uelsda aholining islomga kirishi boshqa yerlardagilarga nisbatan jadal borayotir.  Buning ustiga musulmonlar o‘rtasida tug‘ilish katta va qariyalar soni ham kamchilik. Musulmon aholini boshqa aholi bilan qiyoslaganda boshqalarning beshdan biri 15 yoshdan kichik bo‘lsa, musulmonlarning uchtadan bittasi o‘n besh yoshdan kichikdir. Keksa avlod masalasiga kelganda, aholining boshqa vakillari 16 foiz bo‘lgani holda musulmon aholi 4 foizni tashkil etadi.  Britaniya musulmonlar kengashi ma’lumotiga ko‘ra,  musulmonlar 2011 yilda ham umumiy hisobda juda kamchilik bo‘lgan – umumiy aholining  20 foizini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich britaniyaliklarning ommaviy ishonchiga zid keladi. Keyingi o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, musulmonlar bundan to‘rt barobar ko‘p. Angliya va Uelsdagi musulmonlarning yarmi  – mahalliy aholi vakillari va deyarli (73%) o‘zlarini britaniyalik deb hisoblaydi.

Britaniya musulmonlar kengashi ta’kidlashicha: “Ushbu ma’ruza musulmon aholini  statistik nuqtayi nazardan o‘rganishga qaratilgan dastlabki tadqiqot ishidir”. Bundan tashqari, tashkilot vakillarining xabar berishicha, hukumat va siyosiy arboblar ma’ruzaning ayrim punktlariga e’tibor qaratishlari kerak.  Ma’ruzada musulmon jamiyatining turar joy va ijtimoiy tengsizlik borasidagi muammolarini hal etish lozimligi aytilgan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Nik Klegg ma’ruzaga javoban: «Har bir inson kelib chiqishi va ijtimoiy ahvoliga qaramasdan teng huquqlilik va farovon hayot kechirishga haqli. Hech shubhasiz, Britaniya musulmonlari mamlakatning gullab-yashnashiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Ana shu tadqiqot sabab bo‘lib, biz ko‘plab insonlarni ish bilan, uy-joy bilan ta’minlash borasida hamkorlik qilamiz», dedi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Kiyim o‘g‘irlagan tosh

13.06.2025   3585   1 min.
Kiyim o‘g‘irlagan tosh

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh ﷺ aytdilar:

"Albatta, Muso (alayhissalom) nihoyatda kuchli hayo egasi bo‘lib, badanini doimo yopib yuradigan kishi edi. U hayo qilgani uchun o‘z tanasidan biror joyini ochib yurmas edi. Banu Isroil orasida ba’zi kimsalar uni kamsitib: ‘U doimo o‘z tanasini yashiradi, bu – uning badani nuqsonli bo‘lgani uchun shunday qilar. Balki u abras (pes), yoki moyaksiz (odar), yoki yana biror baloga uchraganidandir’, deyishdi.

Alloh taolo esa ularning bu gap-so‘zlaridan Musoni poklashni iroda qildi.

Bir kuni Muso alayhissalom cho‘milgani bordi. Kiyimlarini tosh ustiga qo‘yib, cho‘milishga kirishdi. Suvdan chiqib, kiyimlarini olish uchun tosh oldiga qaytganida, tosh uning kiyimlarini olib qochdi.

Muso alayhissalom hassasini oldi-da, tosh ortidan quvdi va: "Ey tosh, kiyimimni qaytar! Ey tosh, kiyimimni qaytar!", der edi.

U shu holatda Banu Isroilning bir guruhiga duch keldi. Ular Musoni kiyimsiz holda ko‘rishdi – Alloh yaratganlar ichida eng chiroyli, eng sog‘lom badan egasi ekaniga guvoh bo‘lishdi.

Alloh taolo Musoni ularning gap-so‘zlaridan poklab qo‘ydi.

Tosh to‘xtashi bilan Muso alayhissalom kiyimlarini olib kiydi-da, asosi bilan toshni ura boshladi.

Payg‘ambarimiz ﷺ aytdilar: "Allohga qasamki, Muso urgan toshda uch, to‘rt yoki beshta iz qoldi (ya’ni, urilgan zarbalar izi qoldi)."

Bu borada Alloh subhanahu va taolo bunday dedi: "Ey mo‘minlar! Musoga ozor berganlar kabi bo‘lmanglar. Bas, Alloh uni ayblaridan pokladi. Va u Allohning huzurida obro‘li zot edi" (Ahzob surasi, 69-oyat).