Britaniya musulmonlar kengashi ma’ruzasida Angliya va Uelsdagi musulmonlar soni keyingi o‘n yil ichida milliondan oshgani aytilgan. Ma’ruzada ta’kidlanishicha, bu yerdagi musulmonlar soni 2001 yilda 1.5 mln. bo‘lgan, 2011 yilga kelib esa 2.7 mln.ga yetgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya va Uelsda aholining islomga kirishi boshqa yerlardagilarga nisbatan jadal borayotir. Buning ustiga musulmonlar o‘rtasida tug‘ilish katta va qariyalar soni ham kamchilik. Musulmon aholini boshqa aholi bilan qiyoslaganda boshqalarning beshdan biri 15 yoshdan kichik bo‘lsa, musulmonlarning uchtadan bittasi o‘n besh yoshdan kichikdir. Keksa avlod masalasiga kelganda, aholining boshqa vakillari 16 foiz bo‘lgani holda musulmon aholi 4 foizni tashkil etadi. Britaniya musulmonlar kengashi ma’lumotiga ko‘ra, musulmonlar 2011 yilda ham umumiy hisobda juda kamchilik bo‘lgan – umumiy aholining 20 foizini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich britaniyaliklarning ommaviy ishonchiga zid keladi. Keyingi o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, musulmonlar bundan to‘rt barobar ko‘p. Angliya va Uelsdagi musulmonlarning yarmi – mahalliy aholi vakillari va deyarli (73%) o‘zlarini britaniyalik deb hisoblaydi.
Britaniya musulmonlar kengashi ta’kidlashicha: “Ushbu ma’ruza musulmon aholini statistik nuqtayi nazardan o‘rganishga qaratilgan dastlabki tadqiqot ishidir”. Bundan tashqari, tashkilot vakillarining xabar berishicha, hukumat va siyosiy arboblar ma’ruzaning ayrim punktlariga e’tibor qaratishlari kerak. Ma’ruzada musulmon jamiyatining turar joy va ijtimoiy tengsizlik borasidagi muammolarini hal etish lozimligi aytilgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Nik Klegg ma’ruzaga javoban: «Har bir inson kelib chiqishi va ijtimoiy ahvoliga qaramasdan teng huquqlilik va farovon hayot kechirishga haqli. Hech shubhasiz, Britaniya musulmonlari mamlakatning gullab-yashnashiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Ana shu tadqiqot sabab bo‘lib, biz ko‘plab insonlarni ish bilan, uy-joy bilan ta’minlash borasida hamkorlik qilamiz», dedi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir nechtasi safarga chiqishdi. Ular arab mahallalaridan biriga tushib, mehmon qilishini so‘rashdi. Mahalladagilar esa ularni mehmon qilishdan bosh tortishdi. Nogahon, ana shu mahalla oqsoqolini bir narsa chaqib oldi. Unga hamma narsani qilib ko‘rishdi, ammo foyda bermadi. Ba’zilar: «Ana u mehmonlarga boringlar-chi, shoyad, ularda biror narsa bo‘lsa?» deyishdi. Ular borib: «Ey mehmonlar jamoasi, bizning boshlig‘imizni bir narsa chaqib oldi. Hamma harakatni qilib ko‘rdik, ammo foyda bermadi. Sizlarda biror narsa bormi?» deb so‘rashdi.
Mehmonlardan bittasi: «Allohga qasamki, men dam solinadigan bir duoni bilaman. Lekin sizlardan bizni mehmon qilishingizni so‘raganimizda, rad etdinglar. Bizga bu duoning evaziga biror narsa bermasanglar, uni aytmayman», dedi. Ular bir to‘da qo‘y berishga kelishib olishdi. Shunda u sahoba «Alhamdu lillahi Robbil ’alamiyn»ni (ya’ni, Fotiha surasini) o‘qib sufladi. Oqsoqol go‘yo arqon yechilganidek harakatga keldi. Unda biror og‘riq qolmay yurib ketdi. Keyin ular kelishilgan narsani berishdi. Sahobalar: «Uni taqsimlanglar», deyishgan edi, dam solgan kishi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan bu to‘g‘rida so‘rab, bizga biror narsani buyurmagunlaricha taqsimlamanglar», dedi. Sahobalar Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bu voqeani aytib berishdi. Shunda u zot: «Sen uning (Fotiha surasining) shifo ekanini qayerdan bilding? - dedilar, so‘ngra to‘g‘ri qilibsizlar, ularni taqsimlanglar. Menga ham ulush ajratinglar», deb Nabiy sollallohu alayhi vasallam kulib qo‘ydilar».
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari.
Mana shu imom Buxoriyning rivoyatlari mukammalroqdir.
Boshqa rivoyatda esa: «Fotihani o‘qib, tufugini to‘plab suflab qo‘ydi. So‘ng haligi kishi tuzalib ketdi», deyiladi.
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan