Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Mart, 2025   |   11 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:24
Quyosh
06:42
Peshin
12:38
Asr
16:39
Shom
18:28
Xufton
19:41
Bismillah
11 Mart, 2025, 11 Ramazon, 1446

“Ta’vilotu ahl as-sunna”: xom gaplarga pishiq javoblar

2.03.2017   10188   5 min.
“Ta’vilotu ahl as-sunna”:  xom gaplarga pishiq javoblar

Diyorimizdan tafsir ilmiga boy ma’naviy meroslari bilan ulkan hissa qo‘shgan mashhur mufassirlar yetishib chiqqan.

Ana shunday buyuk allomalardan biri, kalom ilmining imomi, musulmonlar e’tiqodining islohchisi deb e’tirof etilgan zot imom Moturidiydir.

Allomaning islom ilmiga qo‘shgan hissasining naqadar ulug‘ligini O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida bunday ta’riflagan edi: “Imom Moturidiy bobomizning o‘rta asrlardagi g‘oyat xatarli va tahlikali bir vaziyatda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, avlodlarga ibrat bo‘ladigan ma’naviy jasorat namunasini ko‘rsatib, islom olamida «Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi» degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgani bu nodir shaxsning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat beradi”.

Movarounnahrda mukammal tafsir  asar tasnif etgan ilk mufassirlardan biri Abu Mansur ibn Muhammad ibn Mahmud al-Moturidiy as-Samarqandiy (238-333h.y.) hisoblanadi. Uning “Ta’vilotu ahl as-sunna” degan tafsir asari “Ahli sunna val jamoa” yo‘nalishining eng mo‘tabar va asosiy manbasi sanaladi.

Imom Moturidiy ko‘plab asarlar yaratgan bo‘lib, ayniqsa, uning “at-Tavhid” va “Ta’vilotu ahl as-sunna” asarlari musulmon olamida juda katta shuhrat qozongan. U kalom, fiqh, usulul fiqh, maqolot kabi sohalarda ham ulkan asarlar yozib qoldirgan.

Imom Moturidiy hanafiy mazhabi vakili bo‘lib, adashgan firqalarga shu mazhab ta’limotlaridan kelib chiqqan holda raddiyalar berish usuli bilan tafsir asarlarini yaratgan. Xususan,“Ta’vilotu ahl as-sunna” tafsiri sunnat ahillarining yo‘nalishini adashgan firqa va oqimlardan himoya qilish maqsadida yozilgan.

Ushbu asar muqaddimasida alloma tafsir va ta’vil tushunchalarining farqi va ta’riflarini keltirib o‘tgan hamda o‘z aqidaviy yo‘nalishidan kelib chiqib, tafsirda kalom ilmi uslublaridan mahorat bilan foydalangan. Imom Moturidiy ushbu tafsirida mo‘taziliylar imomlariga, xususan, Abul Qosim Ka’biy va Abu Muhammad Bohiliylarga raddiyalar yozgan. Shuningdek, karromiylar, botiniylar, xorijiylar, rofiziylar va qaromitiylar kabi zalolatga yuz tutgan firqalarga ham raddiyalar bergan.

Imom Moturidiyning ushbu shoh asari asrlar davomida ahli sunna e’tiqodining sofligiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.

   “Ta’vilotu ahl as-sunna”ning yozilish uslubi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  1. Dastlab suraning nomi keltiriladi. So‘ng oyat zikr etilib, “Bu oyat xususida shunday deyilgan” yoki “Bu oyatda ikki yoki uch xil vajh ehtimol qilinadi” deyiladi. Keyin har bir vajh zikr qilinib, bahs yuritiladi. Sahoba, tobe’in va ishonchli ahli ta’vil mufassirlarning fikrlari keltirilib, o‘z mazhabi bo‘yicha tarjih qilinadi va xulosalarini oyat, hadis yoki sahih xabarlar bilan quvvatlab, “Bizning nazdimizdagi asl hukm shuki” yoki “Bizning nazdimizda” degan iboralar keltiriladi;
  2. Agar biror oyatni ahli sunna yo‘nalishiga qarshi bo‘lgan firqalar tafsir qilgan bo‘lsa, avvalo, o‘sha mufassirning ismi aniq zikr qilinadi. Masalan, Abu Bakr Asomm yoki Ja’far ibn Harb va boshqalar. Shuningdek, firqalarning nomi ham keltirib o‘tiladi: mo‘taziliy, karromiy, botiniy, xorijiylar va hokazolar. So‘ng ularning xilof gaplari va tafsirlari keltiriladi, Keyin esa ahli sunnaning aqidasini himoya qilish maqsadida ularga aqliy va naqliy dalillar bilan raddiyalar beradi;
  3. Oyatda biror fiqhiy masala bayon qilingan bo‘lsa, Moturidiy o‘z mazhabi bo‘yicha Abu Hanifa rahmatullohi alayhning fatvolariga suyangan holda tafsir qilgan va boshqa mazhab faqihlarining yanglish xulosalarini rad etgan;
  4. Moturidiyga qarshi fikr bildirganlar chuqur g‘uluga ketgan bo‘lsa, ularning xatosini zikr qilib, so‘zining oxirida “Gapni isrof qilishdan Allohdan panoh so‘raymiz”, deya so‘zini qisqa qilgan;
  5. Imom Moturidiy ixtiloflarga sabab bo‘ladigan “istivo”, “misl” kabi oyatlarga katta e’tibor qaratgan va bu oyatlarni noto‘g‘ri ta’vil qilganlarga qattiq javoblar yozgan.

Muxtasar qilib aytaganda, Imom al-huda, Imom al-mutakallimin va Musahhihu aqidatil-muslimin kabi yuksak e’tiroflar bilan ta’riflangan Abu Mansur Moturidiyning “Ta’vilotu ahl as-sunna” asari yurtimizda yozilgan ilk tafsirlardan hisoblanadi.

Allomaning hayoti va ilmiy-ma’naviy merosini puxta o‘rganib, hayotga tadbiq etishimiz bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida insonlarni zalolat va qabohatga da’vat etayotgan hamda xalqlar o‘rtasida notinchliklarni yuzaga keltirayotgan diniy ekstremistik oqim va yo‘nalishlar ilgari surayotgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifat bilan kurash olib borishda ulkan ahamiyat kasb etadi.

                                                         

                                              Abror ALIMOV,

Toshkent shahar “Qatortol” masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Saharlik qilinglar!

11.03.2025   787   2 min.
Saharlik qilinglar!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


Ro‘za tutish uchun saharlikka turish mustahab amal ekanligiga butun ummat ijmo’ qilgan. Uni tark qilgan gunohkor bo‘lib qolmaydi, albatta.

Imom Buxoriy va Imom Muslim Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deb marhamat qilganlar:

تسحروا فانّ السحور بركة

«Saharlik qilinglar! Zero, shak yo‘qki, saharlik barakadir!».

Miqdom ibn Ma’dikaraba roziyallohu anhu rivoyatida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bu saharlikni o‘zingizga lozim tutinglar! Zero, bu muborak oziqdir», dedilar.

Imom Nasoiy rivoyat qilgan.

Barakaning sababi ro‘zador quvvatli bo‘ladi, xursand bo‘ladi, ro‘za tutishi oson bo‘ladi. Boz ustiga, oxiratdagi savobi ham bor.

Shuning uchun saharlik qilish kerak. U ozgina taom, garchi bir qultum suv bo‘lsa ham kifoya qiladi.


Imom Ahmad Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar:

السحور بركة فلا تدعوه ولو ان يجرع احدكم جرعة ماء فانّ الله وملائكته يصلون على المتسحرين

«Saharlik barakadir. Shuning uchun, hech biringiz uni bir qultum suv ichib bo‘lsa ham tark qilmanglar. Zero, Alloh taolo va uning farishtalari saharlik qiluvchilarga salovot ayturlar».

Saharlik qilishning vaqti tun yarmidan boshlab to tong otgungachadir. Lekin, kechiktirib saharlik qilish avlodir. Ya’ni, tong otishidan sal oldin saharlik tugatilishi yaxshiroq.

 

Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu aytadilar: Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga saharlik qilar edik. So‘ng namozga turar edik. «Ikkovining orasi qancha vaqt edi?» – deb so‘raldi.

U: «Ellik oyat o‘qish miqdoricha edi», dedi. 

Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.

 

Tobeinlardan Amr ibn Maymunadan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning as'hoblari odamlar ichida iftorga eng shoshadigani, saharlikni eng kechiktiradigani bo‘lgan ekanlar.

Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Ammo, shuni bilmoq kerakki, saharlikni kechiktirganda, agar tong otib ketdi, degan gumon bo‘ladigan bo‘lsa, unda yeb-ichib o‘tirish makruh bo‘ladi. Tong otgani aniq bo‘lganda yeyish esa, ro‘zani buzadi.