Umar ibn Xattob roziyallohu anhu haqlarida so‘z ketganida, u kishining adolatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tiladi.
Hazrati Umar jamiyat ishlarini boshqarishda xalqchillikni yo‘lga qo‘ygan edilar. Alloh taoloning mo‘minlar vasfida aytgan “Ularning ishlari o‘zaro maslahat (bilan) bo‘lur” oyati karimasiga amal qilib, o‘ziga xos parlament – sho‘ro majlisi tuzgan edilar. Bu majlisga a’zo bo‘luvchi kishi ma’lum talablarga javob berishi lozim edi. Eng bosh talab bilimli bo‘lish edi. U kishi tuzgan sho‘ro majlisi jamiyatning deyarli har bir sohasidagi ishlarini erkin bahslashuv orqali hal qilar edi.
Islom adabiyotida ishboshilar, xususan, jamiyat tomonidan uning namoyandasi qilib tayinlangan shaxslar voliy, amir, omil kabi ismlar bilan ataladilar. Xazrati Umar roziyallohu anhu voliylar ishiga alohida e’tibor berdilar. U kishi voliylarni oddiy fuqarodan ustun ko‘rmas edilar. Shu bilan birga, ularning mas’uliyatlarini aniqlab berib, ulardan ushbu mas’uliyatni his qilgan holda ish ko‘rishlarini qattiq talab qilar edilar. U kishi amirlikka nomzod tanlashni joyiga qo‘yar edilar. Shu bilan birga, o‘zlari tayinlagan vazifadorga o‘z shartlarini yaxshilab tushuntirar edilar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘z omillarini yuborsa, ularga: “Barzun (yasatilgan ot) minmaysizlar, naqiy (yaxshi bug‘doy non) yemaysizlar, raqiq kiyim kiymaysizlar, odamlarning hojatidan eshiklaringizni yopmaysizlar, agar shulardan birortasini qilsangiz, sizga albatta uqubat tushadi”, deb shart qo‘yar edi. So‘ngra ularni kuzatgani chiqar edi. Qoidani buzgan amir kim bo‘lishidan qat’i nazar, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu tomonlaridan ko‘riladigan choraga duchor bo‘lar edi.
Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning kimliklari hammaga ma’lum. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tog‘alari, jannat bashorati berilgan o‘n kishining biri, Islom uchun jon fido qilganlardan, Qodisiya, Madoin va boshqa joylarda musulmonlarni g‘alabaga boshlagan muzaffar lashkarboshi va hakozolar. Lekin xalifa va voliylik masalasiga kelganda, oraga hech narsa tusha olmas edi. Xalifa Umar Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning ulug‘ martabalariga qaramasdan Kufa voliyligidan bo‘shat di.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning o‘zlariga nisbatan ham talabchanliklari voliylarga bo‘lgan talabchanliklaridan ko‘ra ancha ustin edi. U kishi o‘zlari, oila a’zolari va qarindoshlari xalifalik mansabini suiiste’mol qilmasliklari uchun barcha choralarni ko‘rar edilar.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Islom jamiyati boshlig‘i sifatida xalq ommasining qornini to‘q, ustini but qilmasdan turib, o‘zlarining ham, oilarining ham, omillarining ham boshqalardan imtiyozli holda bo‘lishlariga haqlari yo‘q, deb tushunganlar. Shuning uchun ham mazkur toifalardan boshqalar halol yo‘l bilan topib, yeb-ichib, kiysalar, tergash hollari mutlaqo bo‘lmagan.
Islom jamiyati soyasida yashaydigan g‘ayridinlar islomiy istilohda “ahli zimma” deb ataladilar. Ya’ni ularning dini, joni, moli va boshqa jihatdan tinch omonligi musulmonlar zimmasida bo‘ladi. Musulmonlar “ahli zimma”lar bilan ahdnoma tuzganda, ularni ana shu narsalar bilan ta’minlashni o‘z zimmalariga olganlar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning davrida boshqa masalalar kabi bu masalada ham ko‘plab yangiliklar sodir bo‘ldi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu ahli zimma masalasida kishining aqli lol qoladigan darajada ijtihodlar qildilar. Bularning hammasi Islomning umumiy ta’limotlariga suyangan holda amalga oshirildi. Bu sohada asrlar davomida barcha dinlar, barcha millatlar va barcha jamiyatlarga o‘rnak bo‘ladigan ishlarni qildilar.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir qari zimmiy cholning masjid eshigi oldida tilanib turganini ko‘rib qoldi va: “Senga nisbatan insof qilmabmiz. Yoshligingda sendan jizya olibmiz. Katta bo‘lganingda seni zoye qilibmiz”, dedi. So‘ngra baytulmoldan unga yetarli nafaqa joriy qildi.
Bir musulmon va bir yahudiy xusumatlashib, Umar roziyallohu anhuning huzuriga kelishdi. Yahudiy haq bo‘lib chiqdi. Umar uning foydasiga hukm chiqardi. Shunda yahudiy unga: “Allohga qasamki, haq ila hukm chiqarding”, dedi. “Sen qayerdan bilding?” dedi Umar.
Biz Tavrotda: “Qaysi qozi haq ila hukm chiqarsa, albatta, o‘ng tomonida bitta, chap tarafida bitta farishta uni quvvatlab turadi. Modomiki, u haqda ekan, ishini to‘g‘rilab turadilar. Qachon haqni tark qilsa, ular ham uni tark qilib, ko‘tariladilar”, deyilganini topamiz dedi.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ilohiy adolat ummonidan suv ichgan adolatlarini ko‘rgandan keyin, undan bahramand bo‘lgandan keyin yahudiy ham erib ketib, musulmonlar xalifasini alqashga o‘tgan. U yahudiylarning boshqalardan bekitib yuradigan kitoblari, ya’ni Tavrotdagi haqiqatni Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning hukmida ko‘rganligini e’tirof etgan.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bunga o‘xshash adolatli ishlarni tashviqot uchun qilmas edilar. Balki buni vazifa, Alloh taolo oldidagi burch, deb his etganlaridan qilar edilar. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, har bir odam u kishi uchun Alloh taolo nozil qilgan shariat hukmi oldida barobar edi. Musulmonmi, zimmiymi yoki boshqami, hazrati Umar uchun baribir edi. Haq kim tarafda bo‘lsa, hukm o‘shaning foydasiga chiqarilar edi.
Ha, hazrati Umar roziyallohu anhuning Islom jamiyati rahbari sifatida olib borgan ishlariga butun dunyo qoyil qolgan va haligacha qoyil qolib kelmoqda.
Manbalar asosida, Amudaryo tumani
Yusuf eshon bobo jome masjidi imom-xatibi
Abdurahmon Matsapoyev tayyorladi.
30 iyunya-1 iyulya pri sotrudnichestve s Institutom islamskoy sivilizatsii pri Natsionalnom universitete Malayzii i ryadom partnerskix organizatsiy proxodit V Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya onlayn konferensiya na temu “Misliteli islamskoy sivilizatsii”.
V konferensii prinyala uchastiye zamestitel direktora po nauchnoy rabote Sentra islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane Gulnora Ganiyeva, kotoraya rasskazala o novom etape nauchno-prosvetitelskogo sotrudnichestva s Malayziyey.
Po yee slovam, Muzey islamskogo iskusstva Malayzii predostavil uzbekskim issledovatelyam dostup k elektronnim kopiyam boleye 100 tisyach rukopisey i redkix proizvedeniy.
Krome togo, v ramkax proyekta “Kulturnoye naslediye Uzbekistana v sobraniyax mira” podgotovlen albom-kniga na osnove istoricheskix istochnikov, xranyashixsya v Malayzii. Yego prezentatsii planiruyetsya provesti v malayziyskix obrazovatelnix uchrejdeniyax.
V ramkax foruma dostignuta dogovorennost o sozdanii ekspertnogo soobshestva s uchastiyem uchenix Natsionalnogo universiteta Malayzii (UKM) i Uzbekistana, a takje o sovmestnoy rabote nad perspektivnimi nauchnimi proyektami.
V konferensii uchastvovali predstaviteli sleduyushix organizatsiy:
- Komitet po delam religiy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan
- Mejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana
- Mejdunarodniy nauchno-issledovatelskiy sentr Imama Buxari
- Sentr islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane
- Duxovnoye upravleniye musulman Uzbekistana
- Institut vostokovedeniya Akademii nauk Respubliki Uzbekistan.
Danniy mejdunarodniy dialog stal odnim iz vajnix shagov po boleye glubokomu izucheniyu islamskogo nauchnogo naslediya, yego prodvijeniyu na globalnom urovne i zapusku novix initsiativ v sotrudnichestve, soobshayet press-slujba SITS.
Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana