Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2025   |   1 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:35
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:41
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2025, 1 Sha`bon, 1446

Solih do‘st shafoati

12.01.2017   5137   1 min.
Solih do‘st shafoati

Inson hayoti davomida solih amallar bilan bir qatorda o‘ziga solih do‘st orttirishi ham kerak. Zero, manbalarda solih do‘st qiyomat kuni shafoat qilish maqomiga ega bo‘lishi, aytiladi. Buyuk alloma Hasan al-Basriy shunday rivoyat qiladi. Qiyomat kuni jannat ahli jannatga, do‘zax ahli do‘zaxga kiradi. Shunda jannatga kirayotgan solih kishi: “Qani meni falon ismli do‘stim, men uni jannatga kirayotganlar orasida ko‘rmayapmanku?”- deydi. Unga “Do‘sting jahannamda”- deyishdi. Shunda, u: “Ey Robbim, falon ismli do‘stim men bilan birga jannatda bo‘lmasa jannat menga mukammal bo‘lmaydi”- deydi. Shunda Alloh taolo uning do‘stini jahannamdan ozod qilib, jannatga kirgizishga amr qiladi. Uni do‘zaxdan chiqarib, jannatga kirgizadilar. Shunda jahannam ahli: “Kim uni jahannamdan chiqardi, uning solih amallari bormidi?”- deb so‘rashadi. Ularga:“Yo‘q”,- deb javob beriladi. “Otasi yoki akasi shahidmi?”- deb so‘rashadi. “Yo‘q”-deb javob qilishadi. “Unda unga payg‘ambaru nabiylar shafoat bo‘lishdimi?”-deb so‘rashadi. “Yo‘q”. “Unda kim uni shafoat qildi?”, deyishadi. Shunga ularga:“Uning solih do‘sti shafoat qildi”, deyishadi. Shunda do‘zax ahli baqirib, shunday dedilar:

ٍ وَلَا صَدِيقٍ حَمِيمٍ فَمَا لَنَا مِنْ شَافِعِينَ 

Endi bizlar uchun na oqlovchilar bor, na biror qadrdon do‘st. (Shuaro,100-101)

فَلَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةً فَنَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ

Bas, koshki, bizga yana bir marta (yashash) bo‘lsa-yu, bizlar ham mo‘minlardan bo‘lsak. (Shuaro,102)

Qissadan hissa, yaxshi do‘st insonga bu dunyoda ham oxiratda ham hamroh bo‘larkan.

 

Muhammad-Akmalxon SHOKIROV

Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

30.01.2025   2852   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolovning buvilari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!


Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhuma onaxonning yaqinlariga, xususan, Muzaffar domla Kamolovga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering». 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari