Indoneziyadagi maktab o‘quvchilari “Onalar kuni” munosabati bilan o‘z onalariga unutilmas sovg‘a hadya etdilar. Ya’ni, o‘quvchilar orasida jannat oyoqlari ostida bo‘lgan onalarining oyoqlarini yuvish marosimi o‘tkazildi. Zero, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, deganlar (Imom Ahmad rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD
tayyorladi
#xabar #haj2025
Shu yil 12 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiliklaridagi hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon ona diyorimizga yetib keldilar.
Nurli yuzi, quvnoq ko‘zida Vatan sog‘inchi namoyon bo‘lgan hojilar jamoasini taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida ehtirom ila kutib olishdi.
Hojilarimiz muborak zaminda Haq taoloning farzi – Haj amalini chiroyli ado etib, sog‘u salomat o‘z yurtiga yetib kelganlari va yaqinlari diydoriga yetishganlari uchun shukronalar aytish barobarida el-yurt haqqiga xayrli duolar qilishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati