Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyun, 2025   |   16 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:00
Xufton
21:38
Bismillah
12 Iyun, 2025, 16 Zulhijja, 1446

Tinchlik va xotirjamjikni qadrlash – sharafli burch!

22.11.2016   4943   10 min.
Tinchlik va xotirjamjikni qadrlash – sharafli burch!

TINCHLIK VA XOTIRJAMLIKNI QADRLASH   INSONLARNING SHARAFLI BURCHLARIDIR!

Ma’lumki, insoniyat hayoti davomida turli mafkura va maslaklar o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni boshidan kechirgan. Buning oqibatida o‘zaro kelishmovchiliklar, notinchliklar yuzaga kelib turgan. Tarixga nazar tashlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishiga bog‘liqligi ayon bo‘ladi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) hadislarining birida tinchlik-xotirjamlik eng katta ne’mat ekanini ta’kidlab shunday deganlar: ya’ni: “Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U –  xotirjamlik va sihat-salomatlik” (Imom Buxoriy rivoyati).

Demak, tinchlik va xotirjamlik Alloh ta’oloning behisob bo‘lgan buyuk ilohiy ne’matlaridan biridir. Qolaversa, barcha ezgu ishlar ro‘yobga chiqishining boisi ham osoyishtalikdir. Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikni qadriga yetib, shukrini ado etishlari balki, unga noshukrlik qilib putur yetkazishdan ham saqlanishlari lozim.

Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, oqibatda, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro‘y beradi. Odamlarning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ishonch va sadoqatlari, mehr va muruvvatlarining samimiy bo‘lishi ham asosan xotirjamlikka bog‘liqdir. Demak, dunyoda hayotning bir maromda davom etishi, xalqning Haq taolo buyurgan ishlarini mukammal va xotirjam ado etishlari uchun tinchlik va osoyishtalik lozim. Parvardigor Qur’oni karimda ana shu tinchlikni saqlash va qadrlash vazifasini inson zimmasiga yuklab, Islom dini tinchlikka targ‘ib qilishini, shaytoniy yo‘llarga ergashmaslik lozimligini ta’kidlab, bunday deydi: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz! (Baqara, 208). Darhaqiqat, tinchlik mavzui o‘ta muhim bo‘lganligi bois ham Qur’oni karim oyatlaridan o‘rin olgan. Arab tilidagi “salm”, “silm”, “salom”, va “islom” so‘zlari bir o‘zakdan chiqqan, turli ma’nodagi so‘zlar bo‘lsada, aynan bir maqsadga yo‘naltirilgandir.

Tinchlik va xotirjamlik – insoniyat bugun boshidan murakkab o‘zaro ziddiyatlarni kechirayotgan bir paytda suv va havodek zarurdir. Uning qadriga yetib, farzandlarimizni ham Yaratgan bergan bu tengsiz ne’matlarni qadrlamoqlari va asrab avaylamoq insoniyatning zimmamizdagi burchi ekanligini tushuntirmoqligimiz kerak. Bu barcha payg‘ambarlar qatorida bizning ham Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sunnati ekanligini yuqoridagi hadisdan bilib oldik. Islom tarixini o‘qir ekanmiz, unda insonni kimligi, nima uchun yaratilganligi, insonning zimmasiga qanday vazifalar yuklatilganligi, hayotda qanday inson bo‘lib yashashi kerakligi haqida berilgan tavsiyalar va ko‘rsatmalar bilan yaqindan tanishib chiqadi. Bu berilgan ne’matlarni qadriga yetishda va uni asrashda, bizga Payg‘amlarlarning otasi bo‘lgan, Ibrohim (a.s.) bu borada bashariyatga o‘rnak bo‘lganlar. Muqaddas dinimizning mo‘tabar manbasi Qur’oni karimda Ibrohim (a.s.)ning Vatanlari bo‘lgan Makka haqiga qilgan duolarida biz o‘rganayotgan mavzuimizning aynan tasdig‘idir. Shuningdek, Makka shahriga tinchlik va uning ahliga rizq so‘raganliklari so‘zimizning yorqin misolidir. Bu haqida bunday deyilagan: “Eslang: Ibrohim: “Ey, Rabbim, bu (Makka)ni tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin” (Baqara, 126). Bu joyda Alloh taolo Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga o‘tgan ummatlarning payg‘ambarlarini hayotidan xabardor qilib, ummatlarini targ‘ib qilib, ulug‘ ne’matlar “Tinchlik” va “Xotirjam”likni qadrlab, asrab avaylab hayot kechirishga undalmoqda. O‘sha vaqtdagi tarixga nazar tashlasangiz Makka tinch  shaharlardan bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, bu tinchliki doimo so‘rab duo qilish muhim ekanligiga dalolatdir. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bilan sahobalar bir kuni suhbatlashib o‘tirganlarida, sahobalardan birlari Yo Rasululloh (s.a.v.) biz Alloh taolodan duo qiilb so‘raganimizda ko‘proq nimani so‘raylik deb savol qilishganda, janobimiz, habibimiz Payg‘ampbar (a.s.): “Alloh taolodan ofiyat (tinchlik, xotirjamlik)ni so‘ranglar” deb aytgan so‘zlari ham, insoniyat uchun bu ne’matlar nechog‘lik muhim ekanligiga dalolat qiladi. Tinch bo‘lib turgan joyga yana tinchlik so‘rab duo qilish esa, tinchlikni davomiy bo‘lishi uchundir. Bu xususida Qur’oni karimda bunday deyilgan:

 “Yana Rabbingiz e’lon qilgan (bu so‘zlar)ni eslangiz: “Qasammki, agar (bergan ne’matlarimiga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukurlik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir” deb marhamat qilgan. (Ibrohim, 8).

Mazkur oyati karimani tinchlik va xotirjamlik uchun nima dahli bor deb fikr qiladigan insonlarga dinimiz chiroyli javob bergan. Ya’ni biz yuqorida tinchlik ham ne’matlarning eng ulug‘i ekanligi haqida Payg‘ambarimiz  Muhammad (s.a.v.)dan hadisni eslab o‘tdik. Mazkur hadisga muvofiq bu buyuk ikki ne’at bardavom bo‘lishi uchun ham insondan shukr va qadrlash talab etilar ekan. Tinchlik hukm surib turgan joyga yana tinchlik so‘rab duo qilish esa, muqaddas dinimiz va davrimizning eng dolzarb sharafli vazifalaridan hisoblanadi. Inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zi yashab turgan, Alloh ne’mat qilib bergan Vatani, uning zilol suvlari, havosi, nozi ne’matlari va boshqa barcha sharoitlariga shukr qilib, uni ziyoda bo‘lishini so‘rab duo qilishi, Yaratganing, Vatanining, jamiyati va oilasi oldidagi sharafli burchidir.

Bugun dunyoda tinchligini va xotirjamligini yo‘qotgan mamlakat va u Yurtlarda istiqomat qilayotgan insonlar hayotlari, ta’bir joiz bo‘lsa nurafshon nurni yo‘qotgan, zimiston ichida qolgan insonlarga o‘xshadi. Bu holatni ko‘rgan, eshitgan insonda bir alamlik dard paydo bo‘ldai. Bu holatlardan ko‘rib, eshitib turgan insonlar ibrat olib, xulosalar chiqarib, o‘zlari uchun in’om qilingan tinchlik va xotirjamlikni qadrlashlari, asrab avaylashlari lozim bo‘ladi.

Shuning uchun ham biz Yurtimizdagi hukm surayotgan tinchlik, xotirjamlikni saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, fitna va bo‘htonlardan himoya qilish, g‘arzli va manfur kimsalarning makr va puch g‘oyalariga uchmasdan, aldanmasdan, yosh avlodlarimizni ham ulardan xabardor qilib, islom madaniyatining (tinchlik, xotirjamlik, bag‘rikenglik, o‘zarototuvli, mehr-oqibat v.h.k.) ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etishni dolzarb vazifa sifatida bilib, ushbular asosida faoliyat olib bormoq lozim bo‘ladi. Shuningdek, muqaddas dinimizni niqob qilib, o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishishga urinayotgan firqa va oqimlarga qarshi doimo sergak va hushyor turish zarurligini doimo yodda tutmoq darkordir. Bu xususida Alloh taolo Qur’oni karimning “Moida” surasida bunday degan: “... Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir”, deyilgan (Moida 2). Ushbu oyatga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ezgu niyat yo‘lida hamkorlik qilish yer yuzida TINCHLIK VA XOTIRJAMLIKNI barqaror bo‘lishiga bosh omillaridan ekanligiga targ‘ib qilingan.

Tinchlik va xotirjamlik – barcha davrlarda mamlakatlar, jamiyatlar, oilalarda yashagan insonlarning talab qilgan asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Bu ikki ne’mat uchun qilingan qancha harakatlar, xarajatlar ham so‘zimizga misoldir.

Tinchlik va xotirjamlik ne’matlari bashariyat uni saqlash uchun xoh qimmatli bo‘lsin, xoh arzon bo‘lsin barcha narsasini, aql-zakovat, mol-dunyo va kuch-quvvatini sarflashiga haqli bo‘lgan ulug‘ ne’matlardan ekani, buni bardavom bo‘lishi uchun uning sabablari, uni tutib turuvchi omillari va ustunlari ham bardavom bajarilishi lozim bo‘ladi.

Tinchlik va xotirjamlikni saqlash, uni qadrlash uchun insonlarni, yosh avlodni, erkak-ayollarni, xullas har bir shaxsni Allohning toatida, Allohga ma’siyat qilishdan qaytarish, bergan ne’matlarini qadrlash asosida tarbiyalash lozim bo‘ladi. Shuningdek, har bir inson o‘zining burchi va majburiyatlarini yaxshi bilishi va unga qat’iy amal qilishi dinimizning talab va tavsiyalaridandir.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimiz kabi, inson uchun tinchlik va xotirjamlik zarur va bu muqaddas dinimizning, davrimizning talabidir. Bu xususida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) yana bir hadislarida shunday deganlar: “Kim oilasi tinch, jasadi salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong ottirsa, unga dunyo to‘lig‘icha berilibdi”. (Imom Buxoriy rivoyat).

Jahonda ro‘y berib turgan notinchliklar, kishini dilini xufton qiladigan holatlar, bo‘lib turgan turli voqea va hodislardan bugun g‘aflatda qolish hech kimning haqqi yo‘q. Mamlakatlarni, jamiyatni, oilalarni, insonni halokat va falokatga uchratadigan eng yomon musibatlardan bu – beparvolik, g‘aflat, loqaydlik va shunga oid yomon hislatlardir. Bu insonlarga ko‘rinmaydigan illatlardan, kasalliklardandir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun ham jannatmakaon Vatanimiz fuqarolari, barcha-barchamiz mazkur yomon hislatlardan chiqishimiz lozim va lobuddir.

Beparvolik, g‘aflat, loqaydliklardan dinimizda qat’iy qaytarib, u kabi illatlarga tushmaslikka targ‘ib etgan.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, dinimizning tinchlik va xotirjamlikka bo‘lgan e’tibori nechog‘lik katta, hamda bag‘rikenglik uning negizi ekanligi yaqqol nomoyon bo‘ladi. Inson o‘zidagi ne’matning qadrini uning ustida mulohaza yuritish, shu ne’matdan o‘zgalar ham bahramand yoki bebahra ekanligini o‘ylab ko‘rish bilan biladi. Bu esa yanada ko‘proq Allohga shukr qilishga undaydi. Ne’matning bardavom bo‘lishi, uning shukrni ado etilishiga bog‘liqdir. Tinchlik va xotirjamlik ana shunday amaliy shukr talab qiladigan ne’matlardandir. Bu ne’matning shukrini ado etish barchaning zimmasiga farzdir. Yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ushbu ikki ulug‘ ne’matning mustahkamligini so‘rab duo qilishlari, yoshlilar o‘zlarining halol mehnatlari, uni himoya qilish uchun astoydil bel bog‘lashlari bilan bu ne’matning shukrini ado etgan bo‘lamiz. Shu bilan birga davrimiz va muqaddas dinimizning talab va tavsiyalarida amalga oshirgan bo‘lamiz.

Alloh taolo Yurtimiz tinchligi va xotirjamligini barqaror va bardavom, xalqimizning hayotini faravon qilsin.

Isomiddin AXROROV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent shahar vakilligi xodimi,

«Oqilon» jome masjidi imom-xatibi

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Institutni tamomlagan farzandga otaning nasihati

12.06.2025   2188   4 min.
Institutni tamomlagan farzandga otaning nasihati

Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar, Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin!

Qalbim sururi, ko‘zim quvonchi bo‘lgan aziz farzandim! Siz dunyoga kelganingizda mendanda baxtli inson yo‘q edi. Ilk bor mustaqil qadam bosganingiz, “dadajon” deb, erkalanganingiz, telefon qilib “dada uyga qachon kelasiz?” deganingiz kechagidek yodimda.
Ko‘z ochib yumguncha bir zumda ulg‘aydingiz... Maktabda tengqurlaringiz orasida tarbiyangiz bilan ajralib turardingiz.


Yoshligingizdan orzu qilgan Toshkent Islom institutining talabasi bo‘lish baxtiga erishsin deya kechalari onangizning yig‘lab qilgan duolari, “Allohim farzandimga manfaatli ilm bergin” deb qilgan iltijolarim ijobat bo‘lganini eshitganimda ko‘z yoshlarimni tiyolmagandim. Yuzlab qorako‘zlar ichidan talaba bo‘lish baxti sizga nasib bo‘lgani uchun Robbimga hamdlar aytdim.


Mana oradan 4 yil o‘tdi. Bugun bu fayzli va muborak dargohni tark etmoqdasiz.
Ey Farzandim! Bugun fursatdan foydalanib, Sizga kichik bir nasihatni qilmoqchiman. Unga umringizning oxirgi lahzalarigacha amal qilishingizga Alloh tavfiq berishini so‘rab qolaman.


Aziz dilbandim! Siz endigina 4 bahorni ko‘rgan bolakay edingiz. Jajji qo‘llaringizdan tutib sizni bog‘chaga olib ketardim. Shunda do‘kondagi mashina o‘yinchog‘ini ko‘rib qolib, olib bering deb rosa xarxasha qilgandingiz. Olib berishni juda istardimku, ammo afsuski oldimda shu kichkinagina o‘vinchoqni olib berishga ham pulim yo‘q edi....Jonimni so‘rashsa sizga berishga tayyorman bolam... o‘zimdan afzal inson bo‘lishingiz uchun bor imkoniyatimni ishga solib harakat qilaman. Ba’zan duoda o‘zimni unutsamda, sizni aslo unutmayman.

Oradan yillar o‘tib, Rasulimiz alayhissalomning sunnatlariga muvofiq nikoh to‘yingizni o‘tkazdik. Shu kuni sizni muborak etgani so‘zga chiqqanimda sizga mendan arazlab, hatto gaplashmay qo‘yishingizga sababchi o‘sha kichkina mashinani topshirganimda juda uyalib, yuzlaringiz qizarib ketgandi...
Jonim bolam, niyatim sizni uyaltirish emas... Sizga faqat yaxshiliklarni tilayman. Sizga butun umringiz va oxiratingiz uchun kerak bo‘ladigan muhim bir saboqni amaliy tarzda yetkazgim keldi, xolos...

Unutmangki, kunlar o‘tib Allohning huzuriga qaytarilasiz. Bir kun aniq Robbimizning oldida turamiz. Alloh taolo har birimizning qilgan amalimizni birma-bir hisob-kitob qiladi. Shunday kunda ummati Muhammad bo‘lgan siz dilbandim amallaringizning juda oz va kichkinaligi bilan butun xaloyiqning oldida uyalib qolmang! Buning uchun har bir amalingizni xolis Alloh taolo uchun qiling! Hech kimni g‘iybat qilmang, boshqalarga hasad qilmang!

Unutmangki, siz Alloh taoloning dinini yetkazishdagi omonatdorsiz. Ulug‘ zotlarga ilm beshigi bo‘lgan ma’hadning vakilisiz. Siz ularga so‘zsiz munosib bo‘lishingiz kerak. Zero, xalqimiz muborak Islom dinimizni – imom timsolida ko‘radi.

Bizni zalolatdan hidoyatga, zulmatdan yorug‘likka, jaholatdan ma’rifatga, baxtsizlikdan saodatga olib chiqqan, bu yo‘lda mollarini ham, jonlarini ham ayamagan, hamisha faqat biz bevafo ummatning g‘amida bo‘lgan sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimaga buyurgan bo‘lsalar shuni mahkam tuting, nimadan qaytargan bo‘lsalar undan tiyiling. Hadislarini yodlashga haris bo‘ling, hayotlari, sifatlari, xulqlari va yo‘llarini ko‘proq o‘rganing va ularga amal qiling.

Aslo erishgan yutug‘ingiz bilan cheklanib qolmang. Kimdir yoki nimadir uchun ilm olmang. Eng muhimi – ilm ibodat ekanini unutmang!

Qur’onni qo‘lingizdan qo‘ymang. Qur’onga muhabbatli bo‘ling!

Jigarporam, musofirchilik, ota-onadan uzoqda yurish, ularga bo‘lgan mehrni ham uzoqlashtirmasin. Unutmangki, biz sizni yaxshi ko‘ramiz, siz bizning hamisha qalbimizda, duolarimizdasiz. 

Sizni ko‘rishimiz bolaligingizni, baxtli onlaringizni, quvonch bilan yugurib quchog‘imizga o‘zingizni otishingizni yodimizga soladi.
Siz kelmay qo‘ysangiz bizning yuraklar siqilib, sog‘inchdan va xavotirdan jam bo‘lmaydi. 

Sizdan yagona iltimosimiz shuki, duolaringizda doimo eslab, Alloh taolodan bizga rahm-shafqat so‘rang. Qaniydi, Jannatda barcha ota-onalar qatorida turganimizda ismlarimiz bilan chaqirilib, “farzandingiz Qur’on yodlab, qilgan solih amallari uchun sizga mukofot – izzat toji kiydiriladi” deganini eshitsak edi... Bu bizning eng buyuk orzuimiz.
Alloh taolo barchamizni jannatda birga qilsin! Izzat tojini kiyadigan zotlardan qilsin! Omiyn.

Davron NURMUHAMMAD