Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk butun dunyoda, shu jumladan Germaniyada islomofobiyaning kuchayib borayotgani uchun musulmonlardan uzr so‘radi. Bu haqida u Drezdendagi masjid imomi bilan uchrashuv chog‘ida gapirgan. Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida mazkur masjidda terakt sodir etilgandi.
Shundan so‘ng masjid imomi Gerrmaniya prezidenti Yoaxim Gauk va kansler Angela Merkel qabulida bo‘lgan. Imomning aytishicha, mamlakat prezidenti sodir etilgan terak uchun kechirim so‘ragan. O‘shanda Drezden masjididagi qo‘l bola moslama portlagan chog‘da imom va uning oilasi masjid hududida bo‘lgan.
Manba: muxlis.uz
Bugun, Zulhijjaning 8-kuni mehmonxonadan tashkiliy guruh boshchiligida avtobuslarda talbiya aytib, Minoga yetib kelgan bo‘lg‘usi hojilarimiz: "Allohim bu Minodir. Sen do‘stlaringga ato etgan ehsonlaringdan menga ham in’om et!”, deb duolar qilishdi.
Mino maydonida O‘zbekiston hojilari uchun alohida joy ajratilgan. Bu yerda hojilarimiz bemolol ibodat qilishlari uchun sharoit hozirlangan. Shuningdek, tamaddi qilishlari uchun turli xil taomlar, choy, suv kabi ichimliklar chodirlarga olib kelib ulashilmoqda.
Nabiy alayhissalom sunnatlariga muvofiq, bugun Minoda tarviya kuni peshin, asr, shom, xufton namozlari o‘qiladi. Ayni paytda o‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino vodiysida erta tongdan to kun botgunga qadar ulamolarning suhbatlaridan bahramand bo‘lib, toatu ibodat va duoyu iltijolar bilan o‘tkazishmoqda.
Alloh taolo barcha hojilar qatorida, yurtimiz hojilarining ham duo va ibodatlarini qabul aylasin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati