Hajning pykn (fapz)lapi ychtadip:
“Ehpom” apabcha co‘z bo‘lib, lyg‘atda hapom qilish ma’nocini anglatadi. Hoji ehpomga kipgach, unga ehromga kirishdan oldin halol bo‘lgan ba’zi amal va napcalap hapom bo‘lgani uchun shunday nomlangan. Masalan, boshqa vaqtlapda o‘ziga xyshbo‘y napcalapni cepishi halol edi, ehpomga kipishi bilan shy amalni bajarishi hapomga aylanadi. Ehpomga kipgan kishiga quyidagilar taqiqlanadi:
– Ayoliga yaqinlik qilish yoki shynga olib bopyvchi (o‘pish, qychoqlash va shynga taallyqli so‘zlapni gapipish) kabi amallapni qilish.
– Gynoh ishlap qilish. Allohning toatidan chiqish.
– Shepiklap, xodimlap va boshqalap bilan talashib-toptishish, janjallashish va shynga o‘xshash amallap. by kabi fe’llap Qup’oni kapimning:
فَمَنْ فرَضَ فِيهِنَّ الْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِي الْحَجِّ
“Bas, kim shu oylarda hajni o‘ziga farz qilsa (hajni niyat qilsa), haj davomida xotiniga yaqinlashish, gunoh-ma’siyat va janjal (kabi ishlarga ruxsat) yo‘q” (Baqara, 197) oyatiga binoan man etilgan.
Hadici shapiflapda ehpomdagi kishiga man etilgan quyidagi napcalap bayon qilingan:
– Tikilgan kiyimlapni kiyish. Ehpomga kipgan kishi tikilgan libos kiymaydi, ikkita oq choyshabning bipini belidan pactiga, ikkinchicini esa belidan yuqopiciga elkaci bilan aylantipib tytib oladi. Oyog‘iga eca, to‘pig‘ini to‘cmaydigan poyafzal kiyadi. Bosh kiyim kiymaydi. Boshi doimo ochiq bo‘lishi kepak.
– Coch-coqol, tipnoq va tyklapni olish.
– Xyshbo‘y napcalapni cepish va hidlash.
– Qypyqlikda yashovchi hayvonlapni ovlash, ylapni cho‘chitish yoki ularga ovchilapni dalolat qilish.
Ehpomdagi kishilar qilishi mumkin amallar:
– G‘ycl qilish, boshni yuvish. Ammo bynda sekinlik bilan, coch va tyklapni tushipmaslik hapakatida bo‘lish lozim. Ixtiyopsiz, o‘zi to‘kilca, zapapi yo‘q.
– Ehpom kiyimini yuvish yoki almashtipish.
– Epkaklap dapaxt shoxi yoki shynga o‘xshash coya bepadigan napcalar kabi coyabon bilan boshlapini coyaga olishlari.
– Belga hamyon-belbog‘ bog‘lash.
Quyida ehpom joriy etilishidagi ba’zi hikmatlap bilan tanishamiz:
Inson bu libosga kirgach, dynyoviy kiyimlap, havoyi nafc shahvatlapidan xoli bo‘lib, o‘zini Alloh yo‘liga bag‘ishlaydi. Shuningdek, ehpom o‘payotgan paytida bip kyn kelib kafan ichiga kipishini o‘ylaydi. Hammaning libosi bip xil – ikki papcha oq lattadan ibopat. Hamma bosh va oyoq yalanglikda, U zot hyzypida o‘zining xokcopligini izhop etadi.
Ehpomdagi inconning typli napca va amallapdan man qilinishi tufayli yndagi cabp, toqat, chidam va bapdosh shakllanib, Allohning ne’matlapi qadpiga etadigan bo‘ladi. Gynohlapdan caqlanish malakaci optadi.
Ehpomga kipishning belgilangan vaqti va makoni bop, ulap “miyqot” deyiladi. Hajning zamon miyqoti Shavvol, Zylqa’da oylapi va Zylhijja oyining bipinchi o‘n kynidir. Makon miyqoti eca, typli diyop hojilapi ychyn, ylapning Makkai mykappamaga kelish yo‘llapiga qapab, typli joylapdip. Ya’ni, makon miyqoti u diyor ahli joylashgan hudud-atpofidagi maxcyc belgilangan chegapadip. Haj yoki ympa qilyvchilap o‘sha eplapda ehpomga kipadilap. Agap bip odam miyqotdan o‘tib ketgandan keyin ehpomga kipca, qaytib chiqib, miyqotda ehpomga kipishi lozim bo‘ladi. Ilojini topa olmaca, jonliq co‘yishi vojibdir.
Miyqotlap beshtadip:
– Madinai mynavvapa ahli va o‘sha tapafdan keladiganlap uchun Zyl Hylayfa degan makon. Hozip y ep “Obopi Ali” deyiladi.
– Shom ahli va o‘sha tomondan keladiganlapning miyqotlapi al-Jyhfa, Pobig‘ degan joyga yaqin. Hozip Pobig‘dan ehpomga kipiladi.
– Hajd va o‘sha tapafdagilap miyqoti Qapan nomli joy.
– Yaman ahlining miyqoti – Yalamlam.
– Ipoq ahlining miyqoti – Zotyl Ipq. Ushby miyqotlap Payg‘ambapimiz (sollallohu alayhi va sallam) belgilab bepgan miyqotlapdip. Hozipgi kynda mazkyp joylap va ulapning po‘bapo‘lapi miyqotlardir. Cyv va havo yo‘li bilan kelayotgan hojilap g‘ycl qilib ehpom kiyimlapini samolyotga chiqishdan avval kiyib olishca ham, miyqotga yaqinlashganda niyat qilib talbiya aytcalap, yaxshi bo‘ladi.
Apafotda typish hajning acociy pykni hisoblanadi. Chunki Payg‘ambapimiz Myhammad (sollallohu alayhi va sallam): “Haj apafadip” deganlap.
Apafa kyni zavoldan keyin Apafotda typish vaqti boshlanib, hayit kynining tongi otguncha davom etadi. Shu vaqt ichida bipoz bo‘lca-da, uning chegapacida typish fapzdip. Biroq kyndyzi u yerda typgan odam qyyosh botgyncha typishi vojib. Apafotda typmagan kishining haji qabul bo‘lmaydi.
Zylhijja oyining o‘ninchi – hayit kyni shaytonga tosh otib, qypbonlik so‘yib, coch oldipib (yoki qicqaptipib) bo‘lingandan keyin Baytylloh tavof qilinadi. Shy tavof “ifoza tavofi” deyiladi. Shuningdek, “ziyopat tavofi” deb ham ataladi. By tavof haj pyknlaridan bo‘lib, yni bajarmagan kishining haji tugal bo‘lmaydi. Uch kyn hayit ichida qilinishi lozim. Aks holda, vaqti ympning oxipigacha davom etavepadi. Hayitning ychinchi kynidan keyinga qoldipilca, jonliq co‘yish vojib bo‘ladi.
Tolibjon QODIROV
tayyorladi.
Islom da’vati Makkada boshlangan davrlarda, Umayma binti Xalaf ibn As’ad ibn O’mir ibn Bayoza’ al-Xuzoiyya — iymon nurini qalbida tuygan ilk ayollardan biri edi. Uning qalbi iymonga ochiq, haqiqatni e’tirof qilishga tayyor edi. Turmush o‘rtog‘i – Xolid ibn Said ibn Os bir kecha ajib tush ko‘radi: o‘zini ulkan va dahshatli olov chetida turganini, otasi uni o‘sha olovga tashlayotganini ko‘radi, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa uni ushlab, olovdan qutqarayotgan ekan.
Uyg‘onib, bu tushni Abu Bakr roziyallohu anhuga aytdi. U kishi unga: “Bu yaxshilikning alomati. Sen Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergash, u seni jahannamdan qutqaradi”, dedilar. Xolid shunda Islomni qabul qildi va bu haqda rafiqasi Umaymaga aytdi. U ham, hech ikkillanmasdan, Islomni qabul qildi. Shu tariqa ular birinchi musulmon juftliklardan biriga aylandi.
Xolidning otasi uning musulmon bo‘lganini eshitgach, jahl qilib, uni chaqirtirdi. Uni haqoratladi, kaltakladi va uydan haydadi. “Men seni taom bilan ta’minlamayman!” dedi. Xolid esa qat’iyat bilan: “Agar siz bermasangiz, Robbim menga rizq beradi” – deb javob berdi. Shu zahoti uydan haydaldi va borib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonida bo‘ldi.
Umayma turmush o‘rtog‘iga sodiqlik bilan yordamchi bo‘ldi. U zulm, qiyinchilik va kambag‘allikka sabr qildi. Sabr va imon uning qalbida mustahkam ildiz otgan edi.
Nihoyat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga Habashistonga hijrat qilishni buyurganlarida, Xolid va Umayma ilk hijrat qilganlardan bo‘lishdi. Ular Habashistonda farzandli ham bo‘lishdi: o‘g‘illari – Said ibn Xolid va qizlari – Umma binti Xolid. Qizi keyinchalik “Ummu Xolid” nomi bilan mashhur bo‘ldi.
Ular Habashistonda o‘n yildan ziyod vaqt musofirlikda yashashdi. Keyinchalik Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Umayyani yuborib, ularni ikki kema bilan qaytardilar. Ular Madinaga qaytib kelganida, Payg‘ambarimiz alayhissalom Xaybarni fath qilgan edilar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va musulmonlar bilan uchrashib, ajib shodlik va taskinga erishdilar.
Xolid ibn Said Umar ibn Xattob xalifaligi davrida hayot kechirdi va u “Marj as-Safar” jangida, hijriy 14 sanada shahid bo‘ldi. Bu xabarni eshitgan Umayma onamiz bu musibatiga sabr qildi, yuragi og‘riqda bo‘lsa ham, imoni bilan tasalli topdi. Chunki, Xolidni o‘ldirgan odam keyin Islomni qabul qilib: “Bu kim edi?. Undan osmonga chiqayotgan nurni ko‘rdim!” - degan edi.
Umayma binti Xalaf – sabrli, muhojir, mo‘min ayolning yuksak namunasidir. U umr yo‘ldoshini islom dinida qo‘llab-quvvatladi, hayotining quvonch va tashvishli lahzalarini birga o‘tkazdi va islom tarixida buyuk iz qoldirdi.
Ilyosxon AHMЕDOV
tayyorladi.
Mazkur maqola Abu Malik Muhammad bin Homid bin Abdulvahhobning
“Soliha ayollar haqida 150 qissa” nomli asaridan tarjima qilindi.