Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2025   |   23 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:34
Peshin
12:32
Asr
17:18
Shom
19:23
Xufton
20:43
Bismillah
17 Avgust, 2025, 23 Safar, 1447

Nazr sohibi hayvonning go'shtidan eyishi mumkinmi?

16.01.2024   844   2 min.
Nazr sohibi hayvonning go'shtidan eyishi mumkinmi?

Nazr sohibi nazr qilingan hayvonning go'shtidan eyishi mumkinmi?

Cavol: Dadam yaqinda jarrohlik amaliyotiga kirishlaridan oldin nazr qildim, ya'ni Allohga va'da qildim, insha Alloh jarrohlik amaliyotidan shifo topib chiqsalar, bitta mol so'yib ehson qilaman deb. Shu nazr qilingan go'shtni man eyishim mumkin emasmi?

Javob: Bismillahir rohmanir rohiym.

Ko'zlagan maqsadi hosil bo'lsa, nazrni ado etish vojib bo'ladi. Qurbonlikdan boshqa niyatda, misol uchun, Falon hojatim ravo bo'lsa, jonliq so'yaman (dardga davo topilishi, mushkulotlarning arishi, safardagilarning eson-omon qaytib kelishi va hokazo) degan niyatda jonliq so'yish nazr qilinganda so'yilgan jonliqning go'shtini sadaqa olishga haqli bo'lganlarga ulashib berish vojib bo'ladi. Bunda nazr sohibi va uning ahli hamda boy insonlar nazr qilingan jonliqning go'shtidan eyishi halol bo'lmaydi.

“Zakot va ushrni olishga haqli toifa fitr sadaqasi, kafforat, nazr kabi vojib sadaqalarni olish uchun haqli o'rin hisoblanadi. “Ko'histoniy”da shunday kelgan” (Raddul Muhtor” kitobi).

“Kishining (o'zi so'ygan) nazr va kafforat uchun so'yilgan jonliqlar, ihsor (hajdan to'silgan), haramga etib bormagan ixtiyoriy qurbonliklardan garchi faqir bo'lsa ham eyishi mumkin emas. Shuningdek, orasida tug'ishganlik va er-xotinlik aloqasi borlar hamda boy shaxslar eya olmaydi. Umuman olganda zakot olishi halol bo'lmaydigan kishilarning bu jonliqdan eyish mumkin emas”. (G'unyatun nosik kitobi). Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

"Maqomi mahmud" nima?

15.08.2025   2836   2 min.

Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maqomi mahmudning egasi bo‘lsalar, unda nega azon aytilganidan keyin Allohim, u zotni O‘zing va’da qilgan Maqomi mahmudga yetkazgin, deb duo qilamiz? Bundan go‘yoki (Alloh saqlasin) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Maqomi mahmud berilmagandek bo‘lib chiqmayaptimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bunday emas. “Maqomi mahmud” “Maqtalgan maqom” ma’nosida bo‘lib, aksariyat ulamolar nazdida “Maqomi mahmud”dan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyuk shafoatlari iroda qilingan. Bu izzat va karomatning eng oliy maqomi bo‘lib, u Odam avlodidan faqatgina ul muborak zotgagina nasib etgan, xolos.

Shuningdek, azon so‘ngida o‘qiladigan duoda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari bizga Alloh taolodan u zot uchun “Maqomi mahmud”ni so‘rashni o‘rgatganlar. Bu maqomni Alloh taolo u zotga va’da qilgan.

Qolaversa, Payg‘ambarimiz alayhissalom mazkur duoni qilish orqali u zotning shafoatlariga noil bo‘lishimizning xushxabarini ham berganlar. Albatta, U zot alayhissalomga “Maqomi mahmud” so‘rashimiz, bu maqom u zotga berilmaganligini anglatmaydi, chunki Alloh taoloning va’dasi amalga oshgan ish kabidir.

Shunday ekan, bizning azon duosida “Maqomi mahmud”ni Allohdan so‘rashimizning ma’nosi nima degan savolga ulamolar u zot bizning duoyimiz tufayli Maqomi mahmudga erishmaydilar, balki Alloh taolo u zotga bu maqomni aniq qilib qo‘ygan.

Biz bu duoni u zotning shafoatlariga noil bo‘lish uchun qilamiz. Bundan tashqari bunday duo qilishning ma’nosi yo “Maqomi mahmud”ning bardavom bo‘lishini, ya’ni u zotga berilgan maqtalgan maqomni davomli qilgin deb so‘rash ma’nosida yoki banda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlariga duo qilish orqali o‘z ehtiyojlarini Alloh taolodan so‘rashi mumkin ekanligiga ishoradir, deb javob berganlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.