Buyuk Britaniyaning Birmingem shahridan, asli pokistonlik deputat Shabana Mahmud Londondagi Qirollik sudida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Buyuk Britaniyaning yangi lord-kansleri sifatida qasamyod qildi.
Shu tariqa Shabana Mahmud Britaniya Adliya vazirligini boshqargan birinchi musulmon ayol bo‘ldi va u adliya bo‘yicha davlat kotibi maqomini oldi. Bu haqda “IslamNews” “ArabNews” elektron nashriga tayanib xabar qildi.
Ma’lumot o‘rnida 43 yoshli Shabana, kasbi advakat, 2010 yildan beri Birmingem parlamenti deputati, shuningdek, u 2010-2024 yillarda Vazirlar mahkamasida turli vazifalarda faoliyat yuritgan.
“Lord-kansler sifatida qasamyod qilish qanchalik sharaf ekanini aytmoqchiman”, – dedi Shabana Mahmud mazkur marosimda, – “Men bir vaqtlar Birmingemning eng qashshoq tumanlaridan biri bo‘lgan “Kichik Xit” shahrida ota-onamning do‘konida kassada ishlaganman” – deb ma’lum qildi.
Qur’oni karimda marhamat qilinadi: “Ey imon keltirganlar! Adolatda barqaror turib, o‘zlaring yoki ota-onalaring va qarindoshlaring zarariga bo‘lsa-da, Alloh uchun (to‘g‘ri) guvohlik beringiz! U (guvohlik beriluvchi) boy bo‘ladimi, kambag‘al bo‘ladimi, Alloh u ikkisiga (ogohlik jihatidan) yaqinroqdir. Bas, adolatli bo‘lishingiz uchun havoyi nafsga berilib ketmangiz! Agar (tillaringizni) bursangiz yoki (guvohlikdan) bosh tortsangiz, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir” (Niso surasi, 135-oyat).
“Bu biz musulmonlar dunyoda o‘z xatti-harakatlarimizda adolatni qanday ko‘rishimizning asosiy ifodasidir. U adolatni hamma narsadan ustun qo‘yadi”, – deb xulosa qildi Adliya vaziri.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".
Saidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.