Yurt ravnaqi va din rivoji yo‘lida faxriy imom-xatiblar samarali va fidoyilik bilan mehnat qilganlar. Ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, elu yurtga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, e’tiqodi mustahkam komil inson sifatida yetishtirishda ushbu ulamolarning xizmati va o‘rni beqisdir.
Farg‘ona viloyatidagi ustozlardan Abduvali domla Hafizov, Saidvaqqos domla Minavarov, Abdurahim domla Mo‘minovlar va “Shirmonpazlik” masjidi imom-xatibi Yusufburhon domla Qodirovlar ham ana shunday mas’uliyatli yo‘lda faoliyat olib borishgan.
Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati vakilligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan ustozlar holidan xabar olinib, xizmatlari e’tibor va e’tirofda ekani bildirildi.
Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ustozlar bilan samimiy muloqot qildi. Unda diniy-ma’rifiy sohadagi o‘zgarish va islohotlar haqida gapirildi, o‘tgan kunlar xotirlanib, bugungi kun uchun shukrona keltirildi.
Yakunda yurt tinchligi, xalq farovonligi, mustaqilligimiz barqaror bo‘lishini so‘rab, duoga qo‘l ochildi. Ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ t - وَكَانَ يَقُودُ أَبَاهُ بَعْدَ ذِهَابِ بَصَرِهِ - قَالَ: كَانَ أَبِي إِذَا سَمِعَ النِّدَاءَ يَوْمَ الْجُمُعَةِ تَرَحَّمَ لِأَسْعَدَ بْنِ زُرَارَةَ، فَسَأَلْتُهُ عَنْ ذَلِكَ، فَقَالَ: لِأَنَّهُ أَوَّلُ مَنْ جَمَّعَ بِنَا فِي هَزْمِ النَّبِيتِ مِنْ حَرَّةِ بَنِي بَيَاضَةَ فِي نَقِيعٍ، يُقَالُ لَهُ نَقِيعُ الْخَضِمَاتِ، قُلْتُ: كَمْ أَنْتُمْ يَوْمَئِذٍ؟ قَالَ: أَرْبَعُونَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالْبَيْهَقِيُّ.
Abdurrahmon ibn Ka’b ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Otalarining ko‘zi ojiz bo‘lib qolgach, u kishi yetaklab yurar edilar: «Otam qachon juma kuni azonni eshitsa, As’ad ibn Zurorga rahmat tilar edi. Men bu haqda so‘radim. U kishi: «Chunki u bizga ilk bor Naqiy’ul Xazimot deb nomlanadigan «Naqiy’»da Banu Bayoza Harrasining «Hazmun nabiyt»ida juma o‘qitgan kishidir», – dedi. Men: «O‘sha kuni necha kishi edinglar?» – dedim. U kishi: «Qirqta», – dedilar».
Abu Dovud, Ibn Hibbon, Bayhaqiy rivoyat qilishgan.
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: إِنَّ أَوَّلَ جُمُعَةٍ جُمِّعَتْ بَعْدَ جُمُعَةٍ فِي مَسْجِدِ رَسُولِ اللهِ r فِي مَسْجِدِ عَبْدِ الْقَيْسِ بِجُوَاثَى مِنَ الْبَحْرَيْنِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidlaridagi jumadan keyingi o‘qilgan birinchi juma Bahraynda, Juvosodagi abdulqaysliklar masjididagi edi» (Buxoriy va Abu Dovud rivoyat qilishgan).
«Juma haqidagi oyat va hadislar» kitobidan