Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining
Magistratura mutaxassisligi
Imom Termiziy nomidagi islom instituti
Abituriyentlar mandat natijalarini o‘zlari hujjat topshirgan oliy diniy ta’lim muassasalaridan yoki @mandatmuslimbot ga imtihon ruxsatnomasida taqdim etilgan ID yoki LOGIN raqamini kiritish orqali bilib olishlari mumkin.
Oliy diniy ta’lim muassasalari mandat natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar 2024 yil 4 sentyabr kuni soat 9:00 dan boshlab 24 soat davomida hujjat topshirgan ta’lim muassasasiga yozma ariza bilan murojaat qilish orqali APELLYATSIYA berishlari mumkin. Apellyatsiya jarayonlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish sanasi va vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi
Qabul jarayonlariga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring:
https://t.me/qabulmuslimuz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, fidoiy mudarrislar hamda jonkuyar murabbiylarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining qutlovlari yo‘llandi.
Diniy idora tizimidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalarida ushbu tabrik o‘qib eshittirildi. Jumladan, “Ilm va uni talab qilishning fazilati naqadar ulug‘ bo‘lsa, ilm o‘rgatish, ya’ni, ustozlik qilishning fazilati undan-da ulug‘dir. Alloh taolo ilm qadrini baland qildi va uning orqasidan ilm ato etilgan insonlarning ham qadrini yuksak qilib qo‘yganini Qur’oni karimda bayon etdi”, deyiladi tabrik matnida.
Shuningdek, unda so‘nggi yillarda diniy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, pedagog-o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi rejalar ham eslab o‘tildi.
Qutlov so‘ngida diniy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, uzoq umr, sharafli va mashaqqatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati