Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2025   |   1 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:35
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:41
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2025, 1 Sha`bon, 1446
Yangiliklar

Musulmon talabalar xalqaro fan olimpiadasida peshqadam bo‘ldi

9.09.2024   2570   1 min.
Musulmon talabalar xalqaro fan olimpiadasida peshqadam bo‘ldi

Musulmon davlatlaridan kelgan talabalar Braziliyada o‘tkazilgan astronomiya va astrofizika bo‘yicha xalqaro olimpiadadan medallar bilan qaytishdi. Vassuras shahrida bo‘lib o‘tgan o‘n kunlik bellashuvda 53 davlatdan 250 nafar talaba qatnashdi, deb xabar beradi Arab News.

Unda Eron terma jamoasi beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi va musobaqada peshqadam bo‘ldi, deb yozadi ”Tehran Times”.

Hindiston va Buyuk Britaniyalik yosh ixtirochilar oltin va kumush medallarni olib kelishdi. Saudiya Arabistoni esa musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi.

IslamNews nashri xabariga ko‘ra, saudiyalik talabalar bronza medali bilan qaytgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Birinchi o‘qilgan juma namozi

31.01.2025   720   1 min.
Birinchi o‘qilgan juma namozi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ t - وَكَانَ يَقُودُ أَبَاهُ بَعْدَ ذِهَابِ بَصَرِهِ - قَالَ: كَانَ أَبِي إِذَا سَمِعَ النِّدَاءَ يَوْمَ الْجُمُعَةِ تَرَحَّمَ لِأَسْعَدَ بْنِ زُرَارَةَ، فَسَأَلْتُهُ عَنْ ذَلِكَ، فَقَالَ: لِأَنَّهُ أَوَّلُ مَنْ جَمَّعَ بِنَا فِي هَزْمِ النَّبِيتِ مِنْ حَرَّةِ بَنِي بَيَاضَةَ فِي نَقِيعٍ، يُقَالُ لَهُ نَقِيعُ الْخَضِمَاتِ، قُلْتُ: كَمْ أَنْتُمْ يَوْمَئِذٍ؟ قَالَ: أَرْبَعُونَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالْبَيْهَقِيُّ.

Abdurrahmon ibn Ka’b ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Otalarining ko‘zi ojiz bo‘lib qolgach, u kishi yetaklab yurar edilar: «Otam qachon juma kuni azonni eshitsa, As’ad ibn Zurorga rahmat tilar edi. Men bu haqda so‘radim. U kishi: «Chunki u bizga ilk bor Naqiy’ul Xazimot deb nomlanadigan «Naqiy’»da Banu Bayoza Harrasining «Hazmun nabiyt»ida juma o‘qitgan kishidir», – dedi. Men: «O‘sha kuni necha kishi edinglar?» – dedim. U kishi: «Qirqta», – dedilar».

Abu Dovud, Ibn Hibbon, Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: إِنَّ أَوَّلَ جُمُعَةٍ جُمِّعَتْ بَعْدَ جُمُعَةٍ فِي مَسْجِدِ رَسُولِ اللهِ r فِي مَسْجِدِ عَبْدِ الْقَيْسِ بِجُوَاثَى مِنَ الْبَحْرَيْنِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidlaridagi jumadan keyingi o‘qilgan birinchi juma Bahraynda, Juvosodagi abdulqaysliklar masjididagi edi» (Buxoriy va Abu Dovud rivoyat qilishgan).

«Juma haqidagi oyat va hadislar» kitobidan

Maqolalar