Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Bas, namoz tugagandan so‘ng yer yuzi bo‘ylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni ko‘p eslang, shoyadki, yutuqqa erishsangiz” (Juma surasi, 10-oyat).
1. Kahf surasi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim juma kuni Kahf surasini o‘qisa, qiyomat kuni uning qadami ostidan nur chiqib, osmonu falakni yoritadi va uning ikki juma orasidagi gunohlari kechiriladi”, dedilar (Abu Bakr ibn Marduyah rivoyat qilgan).
2. Duxon surasi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim juma kechasi “Ha mim” (Duxon surasi)ni qiroat qilsa, mag‘firat qilinadi”, dedilar.
Nabiy alayhissalom: “Kim juma kechasi “Ha mim”ni o‘qisa, yetmish ming farishta tonggacha uning haqqiga istig‘for aytib chiqadi”, deganlar.
3. Yosin surasi.
4. Hud surasi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Hud surasini juma kuni o‘qinglar”, deganlar.
5. Oli Imron surasi.
Hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhu aytadilar: “Kimki kechasi “Oli Imron” surasini o‘qisa, unga kechani bedor o‘tkazganlik savobi yoziladi”.
Boshqa rivoyatda: “Kim juma kuni Oli Imron surasini o‘qisa, 70 ming farishta kechgacha istig‘for aytadi”.
6. Ixlos, falaq va naas surasi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma namozidan keyin “Qul huvallohu ahad”, “Qul a’uzu birobbil falaq” va “Qul a’uzu birobbin nas” suralarini yetti marta o‘qisa, Alloh taolo uni keyingi jumagacha yomonlikdan saqlaydi», dedilar (Ibn Sunniy rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD
Nima uchun chumoli yer ostiga to‘plab qo‘ygan donlar yerdan o‘sib chiqmaydi?!
Olimlar tadqiqot olib borishlaricha, chumoli o‘ziga kerakli bo‘lgan don va urug‘larni yer ostiga to‘plab, jamg‘arganidan keyin uni ikkiga bo‘lib qo‘yadi. Chunki don va urug‘lik ikkiga bo‘lib qo‘yilsa, har qancha yer unumdor bo‘lmasin, u o‘sib chiqmaydi.
Lekin chumoli kashnich donini to‘rt bo‘lakka bo‘lganini ko‘rgach, olimlar taajjubga tushishdi.
Bu xususda kerakli tadqiqot olib borgach, quyidagi narsani kashf qildilar. Kashnich doni agar ikkiga bo‘linsa ham o‘sib chiqaverar ekan.
Lekin to‘rt bo‘lakka bo‘linsa o‘sib chiqmas ekan. Chumoliga bu narsani ta’lim bergan Alloh har qanday ayb nuqsonlardan pokdir.
"Parvardigorimiz barcha narsaga o‘z xilqati (shakli)ni ato etib, so‘ngra (uni) to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ygan Zotdir" (Toha surasi, 50-oyat).