Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Sentabr, 2025   |   27 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:48
Quyosh
06:07
Peshin
12:22
Asr
16:37
Shom
18:29
Xufton
19:42
Bismillah
19 Sentabr, 2025, 27 Rabi`ul avval, 1447
Yangiliklar

Istanbulda Oltin O‘rda xoni uchun yozilgan qadimiy qo‘lyozma topildi

17.09.2024   4937   1 min.
Istanbulda Oltin O‘rda xoni uchun yozilgan qadimiy qo‘lyozma topildi

Markaziy davlat arxivida faoliyat olib borayotgan qozog‘istonlik olim Umirbek Kanay Istanbulda kutilmagan kashfiyot qildi: u Oltin O‘rda xoni Jonibek uchun mo‘ljallangan qadimiy qo‘lyozmani topdi, deb yozadi “Milliard.tatar” telegram-kanali.

Hujjatning 96 sahifasida Chingizxondan boshlab, O‘zbekxongacha bo‘lgan Jonibekning ajdodlariga bag‘ishlangan xikmatlar tilla bilan o‘yib bitilgan. Qo‘lyozmaning ichki muqovasiga Usmonlilar sultoni Boyazid II muhri tushirilgan. “Islam today” xabariga ko‘ra, bu kashfiyot Kanaining tadqiqot ishlari tufayli amalga oshirildi, u ilgari bunday materiallarga duch kelmagan.

 1342–1357 yillarda hukmronlik qilgan Jonibek O‘zbekxonning uchinchi o‘g‘li edi. Uning hukmronligi 1347 yilda Rossiyaga bir marta bosqin va Fors bilan muvaffaqiyatli jangi bilan ajralib turdi, buning natijasida Oltin O‘rda o‘z hududlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Biroq uning hukmronligi vaboning ham shohidi bo‘ldi, bu uning G‘arbiy Yevropadagi Qora o‘lim pandemiyasiga aloqadorligi haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqardi.

Qo‘lyozmaning bir nusxasi Qozog‘istonga yetkazilgan bo‘lib, hozirda mutaxassislar qadimgi usmonlilar tilining elementlari bilan murakkab fors-chig‘atoy tilida yozilgan ushbu qimmatli hujjatni o‘rganish ustida ishlamoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar

Surxondaryoda o‘tgan amaliy tadbir samarali bo‘ldi

19.09.2025   2303   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati