Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyul, 2025   |   14 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
09 Iyul, 2025, 14 Muharram, 1447
Yangiliklar

Dubay shahzodasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi

28.09.2024   15182   1 min.
Dubay shahzodasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi

Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi WAM Dubay valiahd shahzodasi, Bosh vazir o‘rinbosari va mudofaa vaziri Shayx Hamdan bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasiga borganini yoritdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 
 

Mehmonlar ushbu me’moriy yodgorlik bilan tanisharkan, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol Shoshiy qabri atrofida barpo etilgan majmua tarkibidagi Baroqxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi, Tillashayx masjidi, Mo‘yi Muborak madrasasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.


Sayohati davomida Shayx Hamdan bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum Usmon mus'hafi saqlanayotgan Mo‘yi muborak madrasasi muzeyidagi turli uslubda yozilgan Qur’oni karim nusxalari, nodir qo‘lyozmalardan tashqari, 20 mingga yaqin kitobdan iborat benazir to‘plamni o‘z ichiga olgan ulkan kutubxona bilan, shuningdek  barpo etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi” majmuasi bilan ham tanishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Dubay shahzodasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi Dubay shahzodasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Kosonsoyda "Haj – 2025" ziyoratchilari faoliyat boshlandi

08.07.2025   1579   1 min.
Kosonsoyda

7 iyul kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov rahbarligida vakillik xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari va “Haj – 2025” ziyoratchilaridan tuzilgan ishchi guruh Kosonsoy tumanida faoliyat boshladi.

Uchrashuv “A’loxon Maxdum“ jome masjidida bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda tumanlar bosh imom-xatiblari, vakillik xodimlari va ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lgan hojilar ishtirok etdi. Kosonsoy tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, quyidagi 3 ta yo‘nalish belgilab berildi: 
 

  1. Ziyoratchilarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish;
  2. Masjid boshqaruvi bo‘yicha imom-xatiblarga maslahat va ko‘mak berish;
  3. Peshin namozida dolzarb mavzuda ma’ruza qilish amaliyotini joriy etish.
     

Ishchi guruh mahallalardagi bir necha xonadonlarga tashrif buyurib, aholi holidan xabar oldi. Yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazildi, taklif va mulohazalar tinglandi, keksalardan duo olindi.


Loyiha doirasidagi faoliyat Namangan viloyatining boshqa tumanlarida ham davom ettiriladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyat vakilligi
Matbuot xizmati

 

Kosonsoyda Kosonsoyda Kosonsoyda Kosonsoyda
O'zbekiston yangiliklari