Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2025   |   21 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:33
Asr
17:20
Shom
19:26
Xufton
20:47
Bismillah
15 Avgust, 2025, 21 Safar, 1447

Homiyim

16.01.2024   812   1 min.
Homiyim

Alloh otamning umrlarini uzoq qilsin! Mollariga baraka bersin. Tug'ilganimdan boshlab meni qo'llaridan kelgancha hech narsaga zoriqtirmay o'stirdilar. Yetmaganiga hozirgacha xarajatlarimni o'zlari ko'taradilar. Hozir 40 yoshdaman. Hozirgacha ziyoratlariga kelsam, men ularga berishimning o'rniga darrov cho'ntaklariga qo'l solib, xarajatlarimga etadigan miqdordagi pulni qo'limga tutqazadilar. “Dadajon, yoshligimda meni keragidan ortiq ta'minlab qo'ygan edingiz, endi pul berish mening navbatim” desam “Qizim, men bu pullarni go'rimga olib ketarmidim, olaqol endi, senga bersam, Alloh mening molimga baraka beradi” deb olmaganimga qo'ymaydilar. Bundan tashqari nevaralari bilan ko'rishga borsam, ularning ham cho'ntaklariga pul solib qo'yadilar. Menga berganingiz hammamizga etadi desam ham ko'nmaydilar. “Bular ham bir yayrashsin, muzqaymoq olib eyishar” deb kulib qo'yadilar.

Ha, otalar farzadlari uchun pul tugul, jonlarini ham o'ylab o'tirmay berishga tayyor bo'lishar ekan. Alloh baxtimizga otalarimizni salomat qilsin!

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Dajjolning fitnasidan panoh so‘rayman

11.08.2025   4265   1 min.
Dajjolning fitnasidan panoh so‘rayman

 

حدثنا أبو قلابة عبد الملك بن محمد حدثنا عبد الصمد بن عبد الوارث نا شعبة عن عبد الملك بن عمير عن مصعب بن سعد عن أبيه عن النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم أنه كان يقول: ”اللهم إني أعوذ بك من الجبن والبخل وفتنة المحيا وفتنة الممات وفتنة المسيح الدجال

 

Mus’ab ibn Sa’d otasidan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: Allohim Sendan qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, hayot va o‘lim fitnasidan, Masih Dajjolning fitnasidan panoh so‘rayman”, der edilar”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi