O‘tgan haftada diniy-ma’rifiy sohada ro‘y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:00 Anons
01:07 Turkiy davlatlar muftiylari ummat uchun muhim masalalarni muhokama qildilar
02:07 Buyuk hikmat sohibi merosini keng targ‘ib etish turkiy xalqlar birligiga xizmat qiladi
02:45 Mavlidi sharif va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi
04:39 Naqshbandiya o‘zlikni anglash yo‘li
05:22 Faxriy ustozlar ziyorat qilindi
05:37 Qo‘qon shahar bosh imom-xatibi «Yurt iftixori» esdalik nishoni bilan taqdirlandi
06:17 Andijon tumanidagi “Ko‘kto‘nlik ota” jome masjidida mavlidi sharif shukuhi
06:43 Sharafli xizmatlaringiz uchun tashakkur, aziz ustozlar!
07:11 Imom zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerak
07:50 Abituriyentlar uchun yangi tayyorlov kurslari tashkil etildi
08:10 Imom Termiziy – hadis ilmi peshvosi
08:52 Toshkent islom institutiga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tayinlandi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Shu yil 3-7 yanvar kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 237 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
O‘quv-mashg‘ulotlari maxsus reja va dars jadvali asosida bo‘lib o‘tdi. Darslar zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol uslublar yordamida o‘tildi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari, yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan ma’ruzachilar taklif qilindi.
Malaka oshirish davomida pedagog-o‘qituvchilarning davlat va din munosabatlari, o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishda bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, talabalar orasida mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati