Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Imomlar o‘rtasida sport musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tdi (Foto+)

11.10.2024   15155   1 min.
Imomlar o‘rtasida sport musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tdi (Foto+)

Shu yil 10 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilligi tomonidan Qarshi, Dehqonobod tumanlari va Shahrisabz, Qarshi shaharlaridagi jome masjidlarda faoliyat yurituvchi imom-xatib, noib, muazzinlardan iborat jamoalar Vakillik kubogi uchun o‘tkazilgan futbol va voleybol musobaqalarida bellashdi.
 

Xususan, Qarshi shahri va Qarshi tumani jamoalari futbol, Dehqonobod tumani va Shahrisabz shahri jamoalari esa voleybol musobaqalari bo‘yicha final bahsi o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, futbol musobaqasida 2:1 hisob bilan Qarshi shahar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, voleybol bo‘yicha esa 2:0 hisobida Dehqonobod tumani jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


Musobaqalar o‘ta qiziqarli va taassurotlarga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.


G‘olib va sovrindorlar Vakillik kubogi, maxsus diplom va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Imomlar o‘rtasida sport musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tdi (Foto+) Imomlar o‘rtasida sport musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tdi (Foto+) Imomlar o‘rtasida sport musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tdi (Foto+) Imomlar o‘rtasida sport musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tdi (Foto+) Imomlar o‘rtasida sport musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tdi (Foto+) Imomlar o‘rtasida sport musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tdi (Foto+) Imomlar o‘rtasida sport musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tdi (Foto+)
Boshqa maqolalar

Bu hadisni Rasululloh ﷺdan eshitganmisiz?

30.06.2025   4361   1 min.
Bu hadisni Rasululloh ﷺdan eshitganmisiz?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Hazrati Muoviyaning davrlarida ikki odam janjallashib qoldi. Janjal asnosida biri boshqasining tishini urib sindirdi. U singan tishini olib, Muoviya roziyallohu anhuning huzurlariga bordi va: «Tishning qasosi tish bo‘ladi, shuning uchun qasos olib bering», dedi.


Hazrati Muoviya: «To‘g‘ri, sening haqqing bor, lekin nima foyda? Sening tishing-ku sinib bo‘ldi. Unikini ham sindiraylikmi? Uning o‘rniga tishingning xunini ol, xun evaziga murosa qil», dedilar.

U kishi: «Men aynan o‘sha tishini sindirib qasos olaman», dedi. Muoviya roziyallohu anhu unga yana qayta tushuntirdilar. Lekin u ko‘nmadi. Hazrati Muoviya keyin: «Undoq bo‘lsa yur, uning ham tishini sindiramiz», dedilar.


Yo‘lda mashhur sahoba Abu Dardo roziyallohu anhu o‘tirgan edilar. U zot shunday dedilar: «Birodar! Qara, sen-ku qasos olyapsan. Lekin bu gapni ham eshitib ket. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim birovga aziyat yetkazsa va aziyat yetgan kimsa uni kechirib yuborsa, Alloh taolo uni afvga eng ko‘p muhtoj bo‘ladigan kunda (ya’ni oxiratda) afv qiladi», deganlarini eshitganman».

Boyagina g‘azabga minib, xun haqi olishga hech rozi bo‘lmay turgan odam ushbu hadisni eshitgach: «Siz bu hadisni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganmisiz?» deb so‘radi. Abu Dardo roziyallohu anhu: «Ha, eshitganman, mening mana shu quloqlarim eshitgan», dedilar.

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan