Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Oktabr, 2025   |   9 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:02
Quyosh
06:20
Peshin
12:18
Asr
16:19
Shom
18:09
Xufton
19:21
Bismillah
01 Oktabr, 2025, 9 Rabi`us soni, 1447

Ramazon - Qur'on oyi: Mulk surasi fazilatlari

02.04.2024   700   2 min.
Ramazon - Qur'on oyi: Mulk surasi fazilatlari

Taborak (Mulk) surasida er, osmon va boshqa mavjudotlarni yaratishdagi hikmatlar, Allohning qudrati, bu dunyoda iymonsiz o'tganlarning oxiratdagi afsus-nadomatlari, rizq-ro'z talab qilish, tabiiy ofatlar – er yutishi, osmondan balo yog'ilishi xavfi, hidoyat, zalolat kabi masalalar bayon etilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qur'onda o'ttiz oyatdan iborat bir sura bor. Kim uni o'qisa, gunohlari kechirilgunicha shafoat qiladi. U Taborak surasidir”, deganlar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Nasoiy rivoyati).

Taborak surasi “shafoatchi” nomi bilan mashhur. Shu sabab bo'lsa kerak, ko'p musulmon diyorlarida, xususan bizning yurtda mayyit dafn etilgandan keyin ushbu sura o'qiladi.

Sahobalar bu surani “qutqaruvchi” deb atashgan. Zero, Taborak surasi bandani shafoat qilishi haqida rivoyatlar kelgan.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda: “Qur'ondagi o'ttiz oyatdan iborat sura sohibini jannatga kiritguncha tortishadi. Bu Taborak surasidir”, deyilgan (Imom Tabaroniy rivoyati).

Anas ibn Nufayldan rivoyat qilinishicha, qiyomat kuni bir banda tiriltiriladi. U bironta ham gunohni qoldirmay hammasini qilgandi. Biroq Allohni yagona deb bilar, Qur'onning faqat bitta surasini o'qirdi. Uni do'zaxga kiritish buyuriladi. Shunda o'sha kishining ichidan bir narsa uchqundek otilib chiqib: “Yo Alloh! Men Payg'ambaring alayhissalomga nozil qilganing (Qur'ondan) bir suraman. Mana bu bandang meni o'qirdi”, deydi. O'sha sura bandani jannatga kiritgunicha shafoat qiladi. Taborak surasi (Allohning izni bilan bandani azobdan) qutqaradi (Imom Daylamiy rivoyati).

Sevikli Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Men (Taborak surasi) ummatimdan har bir mo'min banda qalbida bo'lishini xohlardim”, deganlar (Imom Hokim rivoyati).

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar

30.09.2025   1001   1 min.
Iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا الحسن بن علي بن عفان العامري  نا ابن نمير عن الأعمش عن إبراهيم  عن علقمة  عن عبد الله قال: لما نزلت هذه الآية :﴿الذين آمنوا ولم يلبسوا إيمانهم بظلم﴾ قالوا: يا رسول الله  وأينا لا يظلم نفسه قال: ليس ذلك  هو الشرك  ألم تسمعوا إلى ما قال لقمان لابنه :﴿يا بني لا تشرك بالله إن الشرك لظلم عظيم.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Iymon keltirgan va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar” oyati nozil bo‘lganda, odamlar: “Yo, Allohning Rasuli, qay birimiz o‘ziga zulm qilmas ekan?” dedilar.

U zot alayhissalom: “Bunday emas, bu (aytilgan zulm) shirkdir. Luqmonning o‘g‘liga: “Ey, o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk ulkan zulmdir”, deb aytganini eshitmaganmisizlar ?” dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi