Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Iyul, 2025   |   5 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:16
Peshin
12:35
Asr
17:33
Shom
19:46
Xufton
21:13
Bismillah
30 Iyul, 2025, 5 Safar, 1447

"Islom – tinchlik va ezgulik dini" xalqaro konferensiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

14.10.2024   14016   1 min.

Joriy yil 15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda (https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1115116533946944/) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.

Anjuman ishida Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, O‘mon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etadi.

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – shiddatli globallashuv sharoitida islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda islom diniga yot radikal qarashlarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish va bunda O‘zbekiston tajribasini, diniylik va dunyoviylik muvozanatini saqlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini xalqaro jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir.

Muhim masalalarning asl mohiyatini ochib berishga qaratilgan Konferensiya 15 oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Hilton” majmuasining anjumanlar zalida o‘z ishini boshlaydi. Anjuman 3 ta sho‘baga bo‘lingan holda o‘tkaziladi.

Birinchi sho‘ba: “Islom qadriyatlarini asrab-avaylashda hanafiy-moturidiy ta’limotining o‘rni”.

Ikkinchi sho‘ba: “Globallashuv sharoitida islom: mo‘tadillik va bag‘rikenglik”.

Uchinchi sho‘ba: “Zamonaviy jamiyatda g‘oyaviy tahdidlarning oldini olish omillari va amaliy yechimlar”.

Konferensiya 16 oktyabr kuni Xiva shahrida davom etadi. Unda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining yakuniy deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Batafsil (https://telegra.ph/ZHorij-jil-15-16-oktyabr-kunlari-Toshkent-va-Hiva-sha%D2%B3arlarida-Islom--tinchlik-va-ehzgulik-dini-mavzusida-nufuzli-hal%D2%9Baro-konfer-10-11)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi

29.07.2025   4554   1 min.
Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi

Bugun, 29 iyul kuni Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2025-2026 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi. 


Mazkur jarayonda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul rahbarlari, diniy ta’lim muassasalari mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etmoqda. 


Dastlab abituriyentlar tartib bilan kiritilib, mutasaddilar tomonidan test imtihonini o‘tkazilish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng test sinovlariga start berildi.  


Ushbu jarayon adolatli o‘tishi uchun soha mutaxassislari bilan bir qatorda turli tashkilot vakillari jalb etilgan.  


Ma’lumot o‘rnida, joriy yil oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga kirish uchun 6749 nafar abituriyent hujjat topshirdi.  


2025-2026 o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari hamda Toshkent islom instituti Modul ta’lim shakli uchun kirish imtihonlari sanasi va manzillari haqida ma’lumot bergan edik.  


Joriy yilgi imtihon jarayonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi Diniy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari