Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Yanvar, 2025   |   23 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:42
Peshin
12:40
Asr
15:47
Shom
17:31
Xufton
18:48
Bismillah
23 Yanvar, 2025, 23 Rajab, 1446
Yangiliklar

Xorij nashrlarida loyiha doirasida 20 dan ziyod ilmiy maqola chop etildi

16.10.2024   7217   3 min.
Xorij nashrlarida loyiha doirasida 20 dan ziyod ilmiy maqola chop etildi

Sa’duddin Taftazoniyning “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish doirasida nashr etilgan xorijiy maqolalar, bugungi kun muammolarini tahlil qilish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va yot g‘oyalarga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
 

Bunday maqolalarni tahlil qilishda nazariy asoslar, muammo va yechimlarni muhokama qilish hamda raqobatlashuvchi ta’lim tizimlaridan foydalanish kabi mavzularni qamrab olgani bilan ahamiyatli.


Ushbu asarni o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish doirasida xorijning nufuzli jurnallarida chop etilgan maqolalar o‘ta muhim ilmiy va diniy-ma’rifiy manba hisoblanadi.


Bu maqolalar:

  • Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarining mazmuni, kalom ilmi ta’limotidagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha tahlillarni qamrab oladi;
  • Asarning zamonaviy dunyodagi roli va yoshlarning ma’naviy kamolatiga ta’sirini ochib beradi;
  • Asardan olingan bilimlar yot g‘oyalarga qarshi samarali raddiyalar berish uchun muhim zamin bo‘lishi aytiladi;
  • Ushbu asarning xalqimiz tarixi va madaniyati bilan bog‘liq muhim diniy qadriyatlarni himoya qilishi yoritiladi;
  • Yoshlar va jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish borasida xorijlik mualliflar tarafidan olib borilgan mavzuga oid tadqiqot va tahlillarni ko‘rsatib beradi;
  • Milliy va diniy qadriyatlarni shakllantirishga aloqador xorijiy tajribalar, jumladan, ta’limda innovatsion usullarni kashf etadi;
  • Xorijiy maqolalarda yot g‘oyalar, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga oid zamonaviy tendensiyalar va ularga qarshi kurash mexanizmlari haqidagi ma’lumotlarni jamlab beradi.


Muxtasar aytganda, ushbu maqolalar loyihaning samaradorligini ko‘rsatib, yoshlarni ma’naviy va diniy bilimlar bilan boyitishda muhim vosita bo‘lishi, shubhasiz.


Umuman olganda, mazkur asarni o‘zbek tiliga tarjima qilish asnosida loyiha a’zolari tomonidan muhim natijalarga erishilganligini ta’kidlashimiz lozim.


Loyiha doirasida 7 ta ilmiy-ommabop kitob va risolalar nashr qilindi. 2 ta android va multimediya dasturi tayyorlandi. Xorijning nufuzli jurnallarida 21 ta, respublikamizdagi ilmiy (OAK) nashrlarida 30 ta, mamlakatimizdagi anjuman materiallarida 19 ta jami 70 ta ilmiy maqola va tezislar chop etildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy-ma’rifiy sayt va boshqa kanallarda “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asari, uning muallifi va mavzuga doir 10 ga yaqin maqola va xabarlar keng yoritildi. Bu natijalar loyihaning samaradorligi, ko‘lami va ahamiyatini ko‘rsatadi.


Loyiha doirasida olingan ilmiy natijalar va nashr etilgan kitob va maqolalardagi materiallardan, manbashunoslik, islomshunoslik, hamda islom tarixi bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlarda, ta’lim jarayonida foydalanish va uning zamonaviy o‘quv-kurslarini tayyorlashda muhim manba  bo‘lib xizmat qiladi.


Shuningdek, targ‘ibot va tashviqot ishlarida, yoshlarning diniy bilimlarini oshirish va yot g‘oyalarga qarshi kurashishda samarali vosita bo‘ladi. Ushbu tadqiqotlar yoshlarga o‘z tarixi, milliy va diniy qadriyatlarini anglashda, ta’lim tizimini takomillashtirishda katta yordam beradi deb, umid qilamiz. 
 

O‘tkirbek SOBIROV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Bosh mutaxassisi

 

“Sharhu aqoidi Nasafiya” asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjimasini
tayyorlash bo‘yicha loyiha a’zosi

Xorij nashrlarida loyiha doirasida 20 dan ziyod ilmiy maqola chop etildi Xorij nashrlarida loyiha doirasida 20 dan ziyod ilmiy maqola chop etildi Xorij nashrlarida loyiha doirasida 20 dan ziyod ilmiy maqola chop etildi Xorij nashrlarida loyiha doirasida 20 dan ziyod ilmiy maqola chop etildi Xorij nashrlarida loyiha doirasida 20 dan ziyod ilmiy maqola chop etildi Xorij nashrlarida loyiha doirasida 20 dan ziyod ilmiy maqola chop etildi
MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda

22.01.2025   7755   1 min.
Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Jumladan, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol. 
 

Ana shunday qabullardan biri bugun, 22 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdilar. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, imom-xatib faoliyati, haj va umra, oilaviy masalalar, diniy ta’lim hamda moddiy yordam olish singari masalalarning aksariyati ijobiy hal etildi. 


Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. 


Mana shunday samimiy qabul va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolardan ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lishib, xayrli duolar qilishdi. 


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda
O'zbekiston yangiliklari