Yangi Oʻzbekiston maʼrifat mayogʻini baland tutib, dunyo xalqlarini ezgulik, tinchlik va birodarlikka chorlamoqda! Albatta, bu bejiz emas. Buyuk oʻzbek yoʻli doim maʼrifat, umuminsoniy manfaatlar ustiga qurilgan.
Tarixdan yaxshi maʼlum, ilgari ham eʼtiqod, qarashlar oʻrtasida turli ziddiyatlar koʻp uchragan. Oʻsha davrlarda ham ulugʻ alloma ajdodlarimiz oʻz ilmiy salohiyati, bilim va tafakkuri, maʼrifatparvarligi bilan ularga munosib javob bergan.
Zamonamizda turfa ziddiyatlar yana avj ola boshladi. nazarimizda dunyo ilgari hech qachon ezgulik va maʼrifatga hozirgidek tashna boʻlmagan. Negaki avval ziddiyatlar, urushlar muayyan hudud, mintaqadagina sodir boʻlgan.
Jonibek Alijonov,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri
Doktor Muhammad Rotib Nobulsiy aytadilar: “Damashqlik ustozim 97 yoshda bo‘lsalarda, tetik, hatto tishlari ham soppa-sog‘, ko‘zlari ravshan edi. Qiziqib buning sababini so‘raganimizda: “Yoshligimizda a’zolarimizni gunohlardan asragandik, qariganimizda Alloh taolo ularning xizmatidan bizni mahrum etmadi”, deb javob berdilar”.
Alloma Tabariy rahimahulloh 70 yoshida ham kemadan quruqlikka sakrab tushardilar. Yoshlar taajjublanib: “Buncha kuch-quvvat qayerdan?” deb so‘rashganda, u zot: “Biz a’zolarimzni yoshligimizda gunohlardan saqlagan edik, qariganimizda esa Alloh taolo ularni biz uchun saqlab qoldi”, dedilar.
Tobe’in Hasan Basriy rahmatullohi alayh yoshlari 90 dan oshgan bo‘lsada dalada ishlardilar. Buni ko‘rgan odamlar: “Yoshligingni qanday saqlab qolding?” deb so‘rashdi. Hasan Basriy rahimahulloh: “Men yoshligimni saqlab qoldim, Alloh esa keksaligimni saqlab qoldi”, dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ko‘zning zinosi – (nomahramga) qarashdir”, deganlar. Boshqa bir rivoyatda “Ko‘z ham zino qiladi. Ko‘zning zinosi (nomahramga) qarashdir”, deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD