Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Yanvar, 2025   |   23 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:42
Peshin
12:40
Asr
15:47
Shom
17:31
Xufton
18:48
Bismillah
23 Yanvar, 2025, 23 Rajab, 1446
Maqolalar

Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy: “O‘zbekiston o‘z islohotlari bilan jahon hamjamiyatida ulkan xayrixohlik uyg‘otmoqda”

17.10.2024   2889   1 min.
Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy: “O‘zbekiston o‘z islohotlari bilan jahon hamjamiyatida ulkan xayrixohlik uyg‘otmoqda”

Mamlakatimizda kechayotgan ma’rifiy islohotlarning tashabbuskori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu yo‘nalishdagi ezgu sa’y-harakatlarini chet ellik ulamolar yuksak e’tirof etmoqda.

Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi raisi, Doxa dinlararo muloqot markazi raisi Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy quyidagi fikrlarni bildi:

– O‘zbekiston azaldan islomning qubbasi bo‘lib kelgan. Yurtingizdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Xorazmiy, Ibn Sino kabi din va dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar yetishib chiqqan.

O‘zbekistonga ezgu maqsad bilan, musulmon ummati uchun xayrli bo‘lgan xalqaro anjuman sabab kelib turganimdan juda mamnunman. Islom diniga, musulmon ummatiga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromi uchun Prezidentingiz Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga minnatdorlik bildiramiz.

O‘zbekistonda islom ma’rifatini, uning insonparvarlik mohiyatini, anglashga, bunday muhim g‘oyalarni yoshlarga anglatishga qaratilgan siyosatning qay darajada qat’iy davom etayotganiga mana shu anjuman yaqqol misol bo‘la oladi.

Bugungi O‘zbekiston o‘z islohotlari bilan jahon hamjamiyatida ulkan xayrixohlik uyg‘otmoqda. Uning sababchisi esa Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylaridir. U kishining bu harakatlari zamirida mamlakat farovonligi va xalq manfaatlari yotganiga hech kim shubha qilmaydi. Shu bilan birga, bu siyosat muqaddas islom dinini islomofobiyadan himoya qilishga ham qaratilgandir. Islom mudom yaxshi amallarni bajarishga chaqiradi. Bu chaqiriqqa labbay, deb javob berayotgan bu diyorni men juda yaxshi ko‘raman.

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Yaxshi hayotda yashayapsizmi?

22.01.2025   9313   1 min.
Yaxshi hayotda yashayapsizmi?

مَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً

"Erkagu ayol, kim mo‘min holida yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot kechirtiramiz(Nahl surasi, 97-oyat). 

Sa’id ibn Jubayr aytadi: “Yaxshi hayot Alloh seni birovga muhtoj qilmasligidir”.

Go‘zal hikmat. Yana bir narsa "Yaxshi hayot degani kasal bo‘lmay, kambag‘al bo‘lmay yashash degani emas. Mansabdor, el og‘zidagi odam bo‘lish, degani ham emas. Balki Alloh bitganiga rozi bo‘lib yashashda yashiringan. Allohning taqdiriga norozi bo‘lish ziq, tang, xor hayotdir. Alloh har ishga rozilik ne’matini sizga berdimi, farovon kunda shukr qilib, qiyin kunda sabr qilib yashayapsizmi, demak, Alloh sizni yaxshi hayotga qo‘yibdi".

Sharqoviy. "Qur’ondan maktublar".