Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447
Yangiliklar

O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida

18.10.2024   17332   1 min.
O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida

2024 yil 16 oktyabr kuni Toshkent shahar “Shayx Zayniddin” masjidida O‘zbekiston karlar jamiyati tashkil etilganining 95 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston karlar jamiyati rahbari Go‘zal Shodiyeva, Birlashgan Arab Amirliklari karlar assotsiatsiyasi prezidenti Roshid Ali Rashid Eysa Almansori, Quvayt karlar assotsiatsiyasi prezidenti Abdulloh Fayyod, O‘mon karlar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Majid Muhammad Mabruuk al-Marmari, shuningdek, eshitish va nutqida imkoniyati cheklangan 100 nafar yurtdoshlarimiz, Qirg‘iziston respublikasidan 15 nafar imkoniyati cheklangan mehmonlar qatnashdi.

Tadbirda yurtimizda imkoniyati cheklangan shaxslarga bo‘lgan e’tibor, xususan, berilayotgan imtiyozlar, ta’lim-tarbiya olishi uchun qilingan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Xorijiy mehmonlar O‘zbekistonda eshitish va nutqida imkoniyati cheklanganlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor yuqori darajada ekanini e’tirof etdilar. 

  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlarga bo‘lgan e’tibor xorijiy mehmonlar e’tirofida
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mo‘tadillik - saodat

04.07.2025   842   2 min.
Mo‘tadillik - saodat

Islom dini biror shaxs, guruh, mol-dunyoga nisbatan va obro‘-e’tibor topish uchun qilinadigan har qanday mutaassiblik va firqalarga bo‘linishni qoralaydi, tarafkashlikni johiliyat holatiga o‘xshatadi.

Mutaassiblikning turli ko‘rinishlari bor bo‘lib, ular kishining o‘zi, mol-dunyosi, farzandlari, millatini boshqalardan afzal bilib, bu yo‘lda ashaddiy ravishda kurashishi demakdir. Mo‘tabar manbalarimizda ota-bobolari va o‘zining nasabi bilan faxrlanish tuyg‘usi kishini do‘zaxga tortadi deb ta’kidlangan.

Mutaassiblik turlaridan biri bu diniy mutaassiblikdir. Diniy mutaassiblik deganda, ma’lum bir dinda asos bo‘lgan, ushbu din vakillari amal qiladigan ta’limot va qoidalarga qarshi chiqish, diniy tushunchalarni shariat ko‘rsatmalariga zid ravishda o‘zicha talqin qilib, boshqalarni unga ergashishga chorlash nazarda tutiladi. Diniy mutaassiblikning eng katta xatarlaridan biri bu, dinlararo muloqotga rahna solishdir.

Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qur’on va Sunnatda kelgan ta’limotlarga zid ravishda o‘z fikriga ergashishni qattiq qoralanadi. Dinda haddan oshish deganda shariat belgilab qo‘ygan chegaradan chiqib ketish tushuniladi. Bu ish aqidada bo‘lsin, so‘z yoki amalda bo‘lsin, baribir. Bu borada Alloh taolo Baqara surasida  “Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o‘shalar, ana o‘shalar, zolimlardir”, deb marhamat qiladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo‘linglar. Chunki, sizlardan oldin o‘tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar. 

Shunday ekan, bugungi kundagi ko‘plab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Xulosa o‘rnida, bu kabi muammolarning yechimi sifatida Faqih doktor Vahba Mustafo Zuhayliy janoblarining ushbu so‘zlarini keltirish bilan yakunlaymiz: “Islom mo‘tadil din bo‘lib haqiqatlardan birortasida chetga chiqishga yoki haddan oshishga yo‘l qo‘ymasligini anglatadi. Islomda va boshqa dinlarda dinda haddan oshish ham, e’tiqodda bir taraflama va g‘ayritabiiy bo‘lish ham, haddan tashqari qattiq olish ham, juda bo‘sh qo‘yib yuborish ham yo‘q…”. 

Alloh ta’olo barchamizni haq yo‘ldan adashtirmasin.

Kosonsoy tumani "Sodod" jome masjidi imom-xatibi

Bahodir Mirfayziyev

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA