Mamlakatimizda davlat organlari va turli tashkilotlarni malakali huquqshunos kadrlar bilan ta’minlash, yuridik xizmat xodimlarining kasbiy tayyorgarligini yuksaltirish hamda ularni qayta tayyorlashni tubdan yaxshilash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududiy vakilliklari yuristlari uchun mehnat qonunchiligidagi so‘nggi yangilik va muhim mavzularga bag‘ishlangan bir xaftalik malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Qisqa muddatli malaka oshirish davomida “Yurist va kadr” nodavlat ta’lim muassasasining malakali o‘qituvchilarining sohaga doir ma’ruzalari tinglandi.
Shuningdek, huquqshunoslarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Savol: Men begona joyda mehmonxonaga joylashdim. Shoshilib, e’tiborsizlik bilan namozni qiblaga teskari tarafga qarab o‘qib qo‘yibman. O‘qib bo‘lganimdan keyin tushundim, shu namozimni hukmi qanday bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu holatda, siz namozingizni qaytadan o‘qishingiz lozim bo‘ladi. Chunki qibla qaysi tarafdaligini bilmagan odam, shu yerlik qiblani biladigan (musulmon, aqli raso, oshkor gunohlardan tiyilgan) kishidan so‘rab, namoz o‘qishi lozim. Agar shu holatda qiblani biladigan kishi topilmasa, kechasi odamlarning eshigini taqillatib yurmaydi. Balki bor imkoniyatini ishga solib, qiblani topishga harakat qiladi. Qalbi bilan bir tomonni qibla, deb qasd qilib namozini o‘qiydi. Garchi qiblani to‘g‘ri topolmagan bo‘lsa ham, uning namozi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi