Bismillahir Rohmanir Rohiym
رَبِّ اغْفِرْ وَارْحَمْ وَأَنْتَ خَيْرُ الرَّاحِمِينَ
O'qilishi: Robbig'fir varham va anta xoyrur roohimiyn
Ma'nosi: “Robbim, mag'firat qil, rahim qil. O'zing rahm qilguvchilarning yaxshisisan” (Mu'minun surasi, 118-oyat).
وَاعْفُ عَنَّا وَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا أَنْتَ مَوْلَانَا فَانْصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ
O'qilishi: Va'fu 'annaa vag'fir lanaa varhamnaa anta mavlaanaa fansurnaa 'alal qovmil kaafiriyn
Ma'nosi: “Bizni afv et, mag'firat qil va rahm et. Sen xojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni g'olib qil” (Baqara surasi, 286-oyat).
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Dunyoda bir kasallik bor. Uning nomi "ne’matga o‘rganib qolish"dir.
Bunda ne’matlarga shu qadar o‘rganib qolasizki, go‘yo ular ne’mat emasdek.
Uyingizga kirasiz. Ahlingiz sog‘-salomat. Buning uchun shukr qilmaysiz. Chunki bu ne’matga o‘rganib qolgansiz.
Istagan narsangizni sotib olasiz. Buni sizga in’om qilgan Zotga shukr qilmaysiz. Chunki sotib olishga o‘rganib qolgansiz.
Uyqudan uyg‘onasiz. Sog‘-salomatsiz. Hamd aytmaysiz. Chunki a’zolaringiz shu qadar yaxshi ishlayaptiki, ularning ichingizda borligini hatto unutib yuborgansiz.
Endi bildingiz. Hamd hamrohingiz bo‘lsin!
Alhamdulillah....
Abdulqodir Polvonov